"Stranger Things" serialining so‘nggi mavsumi tizeri e'lon qilindi

Qahramonlar Veknani topish va yo‘q qilish uchun yana birlashadi.
Netflix kinokompaniyasi “Stranger Things” serialining beshinchi, oxirgi mavsumi tizerini e’lon qildi.
1987-yilning kuzida, toʻrtinchi mavsumdan taxminan bir yarim yil oʻtgach, qahramonlar Veknani topish va yoʻq qilish uchun yana birlashadi, Xoukins shahrida esa harbiylar sabab karantin e’lon qilinadi.
Asosiy aktyorlar — Milli Bobbi Braun, Finn Volfhard, Noa Shnapp, Sedi Sink, Devid Harbor, Vaynona Rayder va boshqalar oʻz rollariga qaytadi. Terminator yulduzi Linda Hamilton doktor K rolida aktyorlar safiga qoʻshiladi. Rejissyorlar orasida aka-uka Dafferlar, Shon Levi, Den Traxtenberg va boshqalar bor.
Beshinchi mavsum uch qismga boʻlinadi. Unga koʻra, 26-noyabr 1−4 qismlar, 25-dekabr 5−7 qismlar va 31-dekabr kuni yakuniy epizod chiqariladi. Hammasi boʻlib, tomoshabinlar sakkizta epizodni tomosha qiladi, ularning umumiy davomiyligi 12 soatdan oshadi.