Oldin va hozir: “Saroy javohiri” seriali aktyorlari 22 yil ichida qanchalik o‘zgardi?

E’lon qilingan sana· 3 565
Oldin va hozir: “Saroy javohiri” seriali aktyorlari 22 yil ichida qanchalik o‘zgardi?

O‘zbek teletomoshabinlariga “Tangem” nomi bilan yaxshi tanish bo‘lgan “Saroy javohiri” seriali 2003-yilda rejissyor Li Byon-xun tomonidan suratga olingan. U birinchi marta 2003-yil 15-sentyabrdan 2004-yil 23-martgacha MBC telekanalida efirga uzatilgan, serial barcha davrlarning eng yaxshi reytingga ega koreys doramalaridan hisoblanadi.

Loyiha suratga olinishi va realizatsiyasiga 15 million dollar sarflangan, keyinchalik 91 mamlakatga eksport qilingan va butun dunyo bo‘ylab 103,4 million dollar ishlab topgan.

Afisha.uz teletomoshabinlarning qalbidan chuqur joy olgan serial aktyorlari 22 yildan ortiq vaqt ichida qay darajada o‘zgargani va hozirda nimalar bilan shug‘ullanayotgani haqida batafsil ma’lumot beradi.

Li Yong E

  • false
  • false

2000-yillarning nafaqat Koreya, balki dunyo bo‘ylab eng mashhur aktrisalaridan biri hisoblangan Li Yong E (Tangem) hozirda 54 yoshda. U media olamidagi faoliyatini 1991-yilda modellikdan boshlagan. Aktrisaning bisotidagi so‘nggi roli 2023-yilda suratga olingan “Maestro: Haqiqat torlari” filmidagi Cha Se-um obrazi bo‘lib qolmoqda. Yong E 2018-yilda O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi turizm elchisi etib tayinlangan.

Ji Jin Xi

  • false
  • false

Serialdagi muhim romantik nuqtalardan birini shakllantiradigan, o‘qimishli va adolatli qozi Min Jun Xo rolini ijro etgan aktyor Ji Jin Xi ayni vaqtda 54 yoshda. U Myongji universiteti grafik dizayn yo‘nalishini tamomlagan va 2000-yilgacha reklama agentligida ishlagan, xalqaro iqtisodiy inqirozdan keyin kinoga qadam qo‘ygan.

Jin Xi 2025-yilda rejissyor Yun Jong-bin tomonidan suratga olingan “To‘qqiz jumboq” serialida Yun Dong Xun rolini ijro etdi. Serial sirli jumboqlar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi qotilliklarni o‘z ichiga olgan o‘n yillik voqeani davom ettiradi. Uning premyerasi Disney+ da 2025-yil 21-mayda bo‘lib o‘tdi.

Hong Ri-na

  • false
  • false

“Saroy javohiri"da asosiy intriga chiziqlaridan birini yaratgan takabbur Choy Kem-yun obrazini aktrisa Hong Ri-na gavdalantirgan. Ochig‘ini aytish kerak, u serial ishtirokchilarining ichida eng sirli hayot kechiruvchi qahramon sanaladi. Aktrisa haqida butun internetda atigi bir necha maqolalar mavjud.

U serialdan keyin boshqa hech qanday loyihalarda ishtirok etmagan, ijtimoiy tarmoqlar yuritmaydi va 20 yildan buyon intervyu ham bermagan. Ri-na ayni vaqtda 57 yoshda.

Im Ho

  • false
  • false

Tarixiy dramalardagi imperator rollari bilan tanilgan mashhur aktyor Im Ho “Saroy"da ham Choson sulolasining 11-qiroli Chunjon rolini ijro etgan. 55 yoshli aktyor 1993-yildan beri koreys seriallarida rol o‘ynab keladi.

U Chung-Ang universitetining teatr aktyorligi yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega. Aktyor so‘nggi marta 2022-yilda suratga olingan “Sadoqatsiz faryod” filmida Jin Xo, “Sevgi maktubi” serialida esa Endi rollarini ijro etdi.

Yan Migyon

  • false
  • false

Tangemning ustozi, qattiqqo‘l va ayni damda mehribon ayol Xan Bek’yon xonim obrazini gavdalantirgan aktrisa Yan Migyon hozirda 63 yoshda. U serial davomida Tangemning onasi vafotida o‘zini aybdor deya his etadi va shu bois dugonasining qiziga mehribonlik qiladi.

Aktrisa 2011-yildan beri Nagasaki Uyesleyan universitetida talabalarga dars berib keladi. Shuningdek, Migyon Induk universitetida media yo‘nalishida professor darajasiga ega. San’atkor so‘nggi yillarda seriallarda suratga tushmayapti.

Kyon Mi Ri

  • false
  • false

Serialdagi asosiy antogonist, shuhratparast va makkor Chxve Songim rolini o‘ynagan aktrisa Kyon Mi Ri 2025-yil 27-yanvar kuni 60 yoshni qarshiladi. U 2009-yilda o‘zini xonandalikda sinab ko‘rdi va “Baxtli ayol” nomli albomini e’lon qildi.

Aktrisa so‘nggi yillarda zangori ekranlarda kam ko‘rinadigan bo‘lib qoldi. U so‘ngg marta 2023-yilda suratga olingan “Pandora: Jannat ostida” filmida Min Yung-Xvi rolini ijro etdi. Ushbu teleshou tvN kanali orqali namoyish etilgan.

Pak In Kxe

  • false
  • false

Tangemning saroydagi eng sodiq do‘sti Li Yon-Seng rolini ijro etgan aktrisa Pak In Kxe ayni vaqtda 48 yoshda. U 2018-yilda turmush o‘rtog‘i Kim Han-sup bilan ajrashgan, o‘shandan buyon egizak farzandlarni yolg‘iz o‘zi tarbiyalamoqda.

Pak Janubiy Koreyadan ko‘ra Xitoyda anchayin mashhur hisoblanadi. Bunga uning Hana Cosmetics va Yonseng Tangerine Chocolates Xitoy brendlarida rasmiy ambassador ekani sabab bo‘lgan. Shokolad fabrikasi 2009-yilda 25 mln dollar daromad ko‘rgan.

Kim Yeo-jin

  • false
  • false

Serialda asosiy qahramonning tibbiyot bo‘yicha ustozi rolini o‘ynagan aktrisa Kim Yeo-jin ochiqcha chiqishlari ortidan 2011-yilda MBC telekanali tomonidan taqiqqa uchragan.

Ijodkor 2024-yilda Park Dong Xi tomonidan suratga olingan “Boshqaruv” filmida bosh rolni ijro etdi. Aktrisa loyihada Park Chjon Suk nomli tergovchi ayol rolini o‘ynagan.

Gim Bora

  • false
  • false

Serialda Duk-guning rafiqasi, Tangemni boqib olgan ayol sifatida tasvirlangan Na Dju-dek rolini ijro etgan Gim Bora hayoti haqida ham internetda ko‘p ma’lumot mavjud emas. 1980-yillarda koreys kinosida faol bo‘lgan va ulg‘aygach, televideniyeda ikkinchi darajali rollarga o‘tgan.

Gim 1989-yilda biznesmen O Chje Xiga turmushga chiqdi, ammo moliyaviy muammolar 2002-yilda ajrashishiga olib keldi. U so‘nggi marta “Uddaburon xotin” filmida Duk Na-ra rolini ijro etdi. Shundan beri aktrisa katta ekranlarda ko‘rinish bermayapti.

Im Xyon-Sik

  • false
  • false

79 yoshli aktyor Im Xyon-Sik “Saroy javohiri"da Tangemning asrab olgan otasi Kan Duk-gu rolini ijro etgan. Ijodkorga haqiqiy mashhurlik aynan shu serialdagi ikkinchi darajali roldan keyin keldi deyish mumkin.

Ta’kidlash kerak, Im 2014-yildan buyon hech qanday film va serialda suratga tushmadi. U hattoki teatr sahnalarida ham ko‘rinmay qoldi. Ayrim manbalar aktyor hozirda Koreya tog‘lari bag‘rida keksalik gashtini surayotganini yozadi.

Xan Ji-min

  • false
  • false

2003-yilda suratga olingan “Hammasi birda” va “Saroy javohiri” seriallaridagi kichik rollaridan so‘ng Xan Ji-min 2005-yilda “Tirilish” nomli serialda asosiy rolni ijro etgan. Yaqinda u omnibus formatidagi “Bizning nihollar” (2022) va “Ortingda” (2023) seriallarida suratga tushdi.

2024-yil 24-sentyabrda u Kim Xe Sudan keyin “Moviy ajdaho ma’budasi” etib tayinlandi. U, shuningdek, 2024-yil 29-noyabrda bo‘lib o‘tadigan 45-Moviy ajdaho film mukofotlari uchun marosim ustasi bo‘ladi.

Serialning mashhur soundtrekini xonanda Im Se Xyon kuylagan. Qo‘shiq pansori uslubida bo‘lib, u Choson sulolasi davrida paydo bo‘lgan va 19-asrda juda mashhur bo‘lgan koreys musiqasining o‘ziga xos turi hisoblanadi.

Humoyun Mahkamov
Muallif
Humoyun Mahkamov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling