"Klyukva sharbati" serialining to‘rtinchi mavsumi chiqish sanasi e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 816
"Klyukva sharbati" serialining to‘rtinchi mavsumi chiqish sanasi e’lon qilindi

“Klyukva sharbati” turk serialining premyerasi sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

“Klyukva sharbati” serialining suratga olish guruhi tasvirga olish ishlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, loyihaning 88-seriyasidan boshlab rejissyorlik vazifasini bajargan Oydin Bulut o‘z lavozimini topshirgan. Uning o‘rnini ilgari “Qizil g‘unchalar” ustida ishlagan Ozgur Sevimli egalladi. Bu haqda Birsen Altuntash xabar bermoqda.

Bundan tashqari, serial aktyorlar tarkibiga Asudening akasi Ayxon rolini ijro etadigan Erkan Avjidan tashqari, mashhur “Begona sirlar” serialida Demir rolini o‘ynagan yosh aktyor Serkan Rutkay Ayikoz ham qo‘shildi. U Ayxonning o‘g‘li va bosh yordamchisi Asil rolini ijro etadi. Shuningdek, avvalroq to‘rtinchi mavsumning suratga olish ishlari avgust oyining ikkinchi haftasida boshlanishi ma’lum qilingandi.

Avvalroq, Afisha.uz “Klyukva sharbati” seriali nima uchun xitga aylangani haqida maqola e’lon qilgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling