82-Venetsiya kinofestivalining dasturi e'lon qilindi

Bu yilgi festivalni ochib beradigan film Paolo Sorrentinoning yangi "La Grazia" kinokartinasi boʻladi.
27-avgustdan 6-sentyabrgacha Lido orolida 82-Venetsiya xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Asosiy konkurs hakamlar hay’ati boshlig‘i etib Aleksandr Peyn (“The Holdovers”) tayinlandi, uning yonida yana olti nafar a’zo, jumladan, Stefan Briz, Maura Delpero, Kristian Munjiu, Muhammad Rasulouf, Fernanda Torres va Chjao Tao bor. Bu yilgi festivalni ochib beradigan film Paolo Sorrentinoning yangi “La Grazia” kinokartinasi boʻladi. Ochilish va yopilish marosimlarida italiyalik aktrisa va komik Emanuel Fanelli boshlovchilik qiladi.
Asosiy konkurs:
- “La Grazia” (rejissyor Paolo Sorrentino);
- “Jay Kelly” (rejissyor Noa Baumbax);
- “The Wizard of the Kremlin” (rejissyor Olivye Assayas);
- “The Voice of Hind Rajab” (rejissyor Kauter Ben Xaniya);
- “A House of Dynamite” (rejissyor Ketrin Bigelou);
- “The Sun Rises on Us All” (rejissyor Kai Shangjun);
- “Frankenstein” (rejissyor Gilermo del Toro);
- “Elisa” (rejissyor Leonardo Di Kostanso);
- “À pied d’oeuvre” (rejissyor Valerie Donzelli);
- “Silent Friend” (rejissyor Ildiko Enyedi);
- “The Testament of Ann Lee” (rejissyor Mona Fastvold);
- “Father Mother Sister Brother” (rejissyor Jim Jarmush);
- “Bugonia” (rejissyor Yorgos Lanthimos);
- “Duse” (rejissyor Pietro Marcello);
- “Un Film Fatto Per Bene” (rejissyor Franko Maresko);
- “Orphan” (rej. Laslo Nemes);
- “L'Étranger” (rejissyor Fransua Ozon);
- “No Other Choice” (rejissyor Park Chan-Vuk);
- “Sotto Le Nuvole” (rejissyor Janfranko Rosi);
- “Vrecking Machine” (rejissyor Benni Safdi);
- “Girl” (rejissyor Shu Qi).
Musobaqadan tashqari premyeralar:
- “After the Hunt” (rejissyor Luka Guadanino);
- “Hateshinaki Scarlet” (rejissyor Mamoru Xosoda);
- “The Last Viking” (rejissyor Anders Tomas Jensen);
- “In the Hand of Dante” (rejissyor Julian Shnabel);
- “Dead Man’s Wire” (rejissyor Gas Van Sant).
Maxsus faxriy mukofotlar — kinematografiyaga qoʻshgan hissasi uchun “Oltin sher” sovrinini rejissyor Verner Gertsog va aktrisa Kim Novak oladi.