Netflix kompaniyasining "Uensday" seriali uchinchi mavsumga uzaytirildi

Tim Burton va Jenna Ortega bergan intervyu doirasida asosiy yangilik e’lon qilindi — “Uensdey” seriali uchinchi mavsumga uzaytirildi va allaqachon spin-off bo‘yicha dastlabki muhokamalar olib borilmoqda.
Ikkinchi mavsum esa 6-avgustdan boshlanadi. Unda, Jenna Ortegining so‘zlariga ko‘ra, romantika kamroq va qorong‘u mistika ko‘proq bo‘ladi. Shuningdek, u ijrochi prodyuserga aylandi va ijodiy jarayonda faol ishtirok etmoqda. Aktrisa liboslar, grim, lokatsiyalar boʻyicha muhokamalarda qatnashdi.
Tim Byortonning ta’kidlashicha, navbatdagi mavsumlar gotika, ironiya va o‘ziga xos muhit va uslubni saqlab qoladi. Suratga olish ishlari Irlandiyada bo‘lib o‘tmoqda va jamoa mavsumni yanada mazmunli hamda vizual jihatdan qiziqarli qilishga intilmoqda. U, shuningdek, Ortegani “shou yuragi” deb atadi, aktrisasiz “Uensdey” bunchalik mashhur bo‘lmasdi, deya hisoblaydi.