"Shrek" multfilmidagi Eshak personaji haqida spin-off ishlanadi

E’lon qilingan sana· 411
"Shrek" multfilmidagi Eshak personaji haqida spin-off ishlanadi

“Shrek 5” multfilmi dublyajida ishtirok etayotgan aktyorlar sentyabr oyida Eshak personaji haqidagi spin-off ustida ishlashni boshlaydi. Bu haqda aktyor Eddi Myorfi ma’lum qildi, deb yozmoqda Screen Rant.

“Bu o‘z filmiga ega bo‘lgan etik kiygan mushuk kabi bo‘ladi. Eshakning o‘z filmi bo‘ladi, uning ajdaho xotini va yarim ajdaho, yarim eshak bo‘lgan bolalari haqida kichik hikoya. Jamoa bu qiziqarli hikoyani yozdi. Biz bu bilan shug‘ullanyapmiz, sentyabrda boshlaymiz”, — dedi Eshak dublyajlashtirgan Myorfi.

2022-yilda kinoteatrlarda Antonio Banderas tomonidan ovozlashtirilgan “Etik kiygan mushuk” filmining ikkinchi qismi chiqdi. Kartina butun dunyo bo‘ylab kassalarda 485 million dollardan sal kamroq daromad keltirdi, bu uning byudjetidan besh baravar ko‘p hisoblanadi.

Yil boshida Universal Pictures studiyasi “Shrek” multfilmining beshinchi qismi tizerini ilk promo kadrlari bilan e’lon qilgandi. Unda Shrek va Fionaning qiziga Zendaya ovoz bergan. Premyera 2026-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling