Foto: "Uensdey" seriali ijodkorlari ikkinchi mavsum premyerasida

Netflix tomonidan suratga olingan “Uensday” seriali ikkinchi mavsumi chiqayotgani munosabati bilan serial ijodkorlari ishtirokida bayram boʻlib oʻtdi. Unga aktyor va aktrisalar gotik uslubda yaratilgan kiyimlarda tashrif buyurdi. Bu serialning atmosferasiga xos hisoblanadi.
Jenna Ortegining so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi mavsumda romantika kamroq va yovuz mistika ko‘proq bo‘ladi. Shuningdek, u ijrochi prodyuserga aylanadi va ijodiy jarayonda faol ishtirok etmoqda. Aktrisa liboslar, grim, lokatsiyalar boʻyicha muhokamalarda qatnashdi.
Jenna Ortega (uensdey), Ketrin Zeta-Jons (Mortisia), Luis Gusman (Gomes), Isaak Ordonez (Pugsli), Fred Armisen (Fester amaki) va Hunter Duxan (Tayler) oʻz rollariga qaytadi. Akademiyaning yangi direktori sifatida Stiv Buskemi, shuningdek, Tendi Nyuton, Kristofer Lloyd, Joanna Lumli, Billi Payper va Xeyli Joel Osment kabi yangi aktyor va aktrisalar serialda koʻrinish beradi.
Mavsum ikkiga boʻlingan holda premyera qilinadi. Dastlabdi qismlar 6-avgustda, final qismlari esa 3-sentyabrda premyera qilinishi moʻljallangan.