Tom Holland yangi oʻrgimchak odam kiyimini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 87
Tom Holland yangi oʻrgimchak odam kiyimini taqdim etdi

Shuningdek, to‘rtinchi qismda Halk (Mark Ruffalo), Frenk Kesl (Jon Berntal) va Chayon (Maykl Mendo) paydo bo‘lishi tasdiqlangan.

Sony va Tom Holland oʻrgimchak-odamning yangi kostyumini qisqa treylerda namoyish etdi, bu doʻstona qoʻshni superqahramon sarguzashtlarining toʻrtinchi qismini suratga olish ishlari boshlanganini anglatadi. Film “Yangi kun” tagsarlavhasini oldi.

“Shang-Chi va o‘n xalqa afsonasi” filmidagi ishi bilan tanilgan Destin Deniel Kretton rejissyorlik qilmoqda. Zendaya (MJ) va Jeykob Batalon (Ned) oʻz rollariga qaytadilar. Sedi Sink va Liza Kolon-Zayaslar hali nomlari ma’lum qilinmagan rollarni ijro etadilar. To‘rtinchi bo‘limda Halk (Mark Ruffalo), Frenk Kesl (Jon Berntal) va Chayon (Maykl Mando) ham ishtirok etishi tasdiqlangan.

Suratga olish ishlari Shotlandiyaning Glazgo shahrida boshlandi. Marvel filmni Piter Parkerning keng koʻlamli multi-olam voqealaridan chekingan holda, yerdagi oddiy koʻcha sarguzashtalari darajasidagi hikoyalarga qaytish sifatida taqdim etmoqda, chunki “Uyga yoʻl yoʻq” voqealaridan keyin oʻrgimchak odamni hech kim eslolmaydi.

Film butun dunyo boʻylab 2026-yil 31-iyulda premyera qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling