Avgust oyida O‘zbekiston kinoteatrlarida chiqadigan filmlar — 2025

Tanlashga vaqt sarflamaslik uchun biz eng qiziqarlilarini tanladik.
Avgust oyida yozning issiqlari davom etar ekan kinoteatrlar jaziramadan saqlanish mumkin boʻlgan kam sonli joylardan biriga aylanmoqda. Yaxshiyamki, mahalliy prokatdagi repertuar samimiy dramalar, satirik filmlar, taniqli rejissorlarning tajribalari va bir juft kuchli xorrorlar bilan boyitilgan. Albatta, filmlarning davomi va remeyklarsiz ham ish bitmadi.
“Орудия”
Weapons
Janr: qoʻrqinchli, detektiv.
Premyera sanasi: 7-avgust.
Zak Kreggerning (“Barbarian”) yangi filmi Rotten Tomatoes saytida 100% ijobiy baholandi. Aytishlaricha, bu chuqur mazmunli, qonli, ijodiy yondashilgan va mahorat bilan suratga olingan qoʻrqinchli film bo‘lib, tomoshabinlarga quvonchdan to hayratgacha bo‘lgan turli his-tuyg‘ularni baxsh etadi. Bundan tashqari, film ushbu janrning eng tajribali muxlislarini ham hayratda qoldirishga qodir. Biz buni, albatta, kutamiz. Bosh rollarda Josh Brolin, Julia Garner, Alden Ehrenreich va Benedikt Vong o‘ynagan.
Sinopsis: syujet Amerikaning sokin Meybruk shahrida sodir bo‘ladi, u yerda roppa-rosa tungi soat 2:17 da bir sinfdan o‘n yetti bola bir vaqtning o‘zida g‘oyib bo‘ladi. Jamiyat darhol sodir bo‘lgan voqeada ularning o‘qituvchisi Gendi xonimni ayblaydi, chunki g‘oyib bo‘lgan bolalarning barchasi bir sinfdan. Politsiya, ota-onalar va pedagog bolalarni qorong‘ilikka qochishga kim yoki nima majbur qilganini aniqlashga harakat qiladi.
“Чумовая пятница 2”
Freakier Friday
Janr: fentezi, komediya, oilaviy.
Premyera sanasi: 7-avgust.
Bu 22 yil avvalgi mashhur komediyaning davomi. Jeymi Li Kyortis va Lindsi Lohan o‘z rollariga qaytadi. Rejissyor “Shameless” va “Girls” seriallari bilan tanilgan Nisha Ganatra hisoblanadi. Kinokartina oilaviy do‘stlik va yengil satira chegarasida aniq muvozanatni va’da qiladi — shu bilan birga ekranda samimiylik va iliq munosabatlarni saqlab qoladi.
Sinopsis: Anna va Tessning onasi hayratlanarli tana almashinuvidan so‘ng munosabatlarini tiklagan o‘sha juma kunidan beri ancha yillar o‘tdi. Endi Annaning o‘z qizi va bo‘lajak o‘gay qizi bor, ular o‘zaro til topisha olmaydi. Anna va Tess mo‘jiza takrorlanishi mumkinligini bilib qoladi.
“Рыжая соня”
Red Sonja
Janr: fentezi, jangari.
Premyera sanasi: 7-avgust.
“Konan-varvar” olamidagi allaqachon unutilgan qahramonning reinkarnatsiyasini ko‘pchilik kutmagan edi. Deyarli 40 yil o‘tgach, Sonya yana biz bilan — endi kattalar uchun versiyada va yetarlicha koʻp qon bilan. Har holda ijodkorlar shunday deyishadi. Film rejissyori “Solomon Kane” va “Altered Carbon” filmlari bilan tanilgan M.J Bassett, bosh rolni Matilda Luts ijro etgan.
Sinopsis: Sonya — jangchi, o‘z xalqining so‘nggi vakili va o‘rmondagi sehr-jodu qo‘riqchisi. Imperator Draygan ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar yordamida dunyoni zabt etmoqda. Uning qo‘shinlari Sonyani asirga olib, maydonga jo‘natishadi — endi u gladiator, eng tomoshabop va shafqatsiz janglar ishtirokchisi. Ozodlikka erishish uchun u ko‘plab janglar va og‘ir sinovlardan o‘tishi kerak.
“Никто 2”
Nobody 2
Janr: jangari, triller, komediya, jinoiy.
Premyera sanasi: 14-avgust.
Agar biror sababga ko‘ra bu yozda ta’tilga chiqmagan bo‘lsangiz, “Никто 2” hech bo‘lmaganda bir necha soatga dengiz bo‘yida dam olish va “Jon Uik” shukuhini his qilishingiz mumkin. Bosh rolni yana Bob Odenkirk ijro etadi, birinchi qism rejissyori Ilya Nayshuller esa oʻz oʻrnini indoneziyalik “B” toifasidagi jangari filmlarni suratga olayotgan rejissyor Timo Tyajantoga bo‘shatib berdi. Umid qilamizki, film qonli mushtlashuvlar, insonparvarlik chegarasidagi hazil-mutoyibalarning o‘ziga xos aralashmasiga aylanadi. Tabiiyki, chuqur dramatizmni kutishning hojati yo‘q.
Sinopsis: shahar tashqarisida oilasi bilan yashovchi sobiq professional qotil Xatch Mensell uyiga qilingan hujumning oldini olgandan so‘ng, endi o‘zining xavfli o‘tmishidan yashirina olmaydi. Asta-sekin nafaqat Xatchning, balki uning rafiqasi Bekkining ham sirlari oshkor bo‘ladi.
“Эдем”
Eden
Janr: triller.
Premyera sanasi: 14-avgust.
Sinopsisga ko‘ra, bizni “Pashshalar hukmdori"ning kattalar versiyasi kutmoqda. Rejissyor Ron Xovard (“Aql o‘yinlari,” “Poyga”) bo‘lib, u o‘zini ichidan yo‘q qilishga qodir bo‘lgan odamlar haqida hikoya qila oladi. Filmda Jud Lou, Ana de Armas, Vanessa Kirbi, Daniel Bryul va Sidney Suini kabi kastni koʻrish mumkin.
Sinopsis: 1939-yil. Galapagos orollaridan biri endi sivilizatsiyada yashashni istamaydigan bir hovuch odamlar uchun boshpanaga aylanadi. Ammo munozarali Baronessa kommunaga qo‘shilgan vaqtda nozik muvozanat buziladi. Uning fitnalari va hokimiyatga bo‘lgan ishtiyoqi jannatmakon manzilni azob-uqubatlar va fitnalar oroliga aylantiradi. Keskinlik darajasi haddan tashqari oshib ketadi va sirlari hali ham ochilmagan dahshatli qotilliklarning ketma-ketligiga olib keladi.
“Она сказала Да!”
My Mother’s Wedding
Janr: komediya, melodrama, drama.
Premyera sanasi: 14-avgust.
Tanqidchilarning fikrlari har xil: Rotten Tomatoes reytingi 28% atrofida, garchi aktyorlar tarkibi kuchli boʻlsada, “sentimentallikning koʻpayib ketishi” va samimiy dramaning yetishmasligi haqidagi da’volar boʻldi. Rollarni Skarlett Yoxansson, Sienna Miller, Emili Bichem va Kristin Skott Tomas ijro etgan. Agar siz yengillik va komediyani kutayotgan bo‘lsangiz, bunday bo‘lmasligiga ishontirishadi.
Sinopsis: Uch opa-singil — qat’iy mansabparast Ketrin, ehtirosli go‘zal Viktoriya va sokin Jorjina — onasi uchun oʻzlari tugʻilgan shaharga qaytadi, chunki u yana “Ha!” dedi. Ularni yorqin his-tuyg‘ular, kutilmagan mehmonlar, qiziqarli sirlar va ko‘plab burilishlar kutmoqda.
“Одно целое”
Together
Janr: qoʻrqinchli.
Premyera sanasi: 21-avgust.
Faqatgina “Substansiya” emas, chunki “Одно целое” — bu yangi bodi-xorror bo‘lib, u namoyish etilgan barcha festivallarni portlatdi. Qisqacha aytganda, bizni o‘zaro bog‘liqlik haqida muhokama kutmoqda. Bosh rollarda: Alison Bri va Deyv Franko — ekrandagi juftlik, hayotda ham er-xotin hisoblanadi. Shuning uchun ham ularning ijrosidan hamma xursand. Ha, tanqidchilarning fikr-mulohazalari bizni yilning eng qoʻrqinchli filmi kutayotgani haqida bong urmoqda.
Sinopsis: shahar tashqarisidagi yolg‘iz uyga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, munosabatlar inqirozini boshdan kechirayotgan er-xotin tushunarsiz hodisaga duch keladi: ularning tanalari bir-biriga qo‘rqinchli kuch bilan yopisha boshlaydi. Qutulish uchun ular bir butun bo‘lib birlashib ketishidan oldin bu joyning sirini topishi kerak.
“Диспетчер”
Relay
Janr: jangari, triller.
Premyera sanasi: 21-avgust.
Tanqidchilar uslub va muhitni maqtamoqda, shuningdek, rejissyor Devid Makkenzi (“Perfect Sense”, “Hell or High Water”) janr klishelarini muvaffaqiyatli chetlab o‘tganini ta’kidlamoqda, ammo uchinchi aktni tanqid qilishdi. Shunga qaramay, 82% ijobiy sharhlar va Frensis Ford Koppolaning “Suhbat” kinokartinasi bilan taqqoslashga loyiq koʻrildi. Bosh rollarda: Uilla Fitsjerald, Lili Jeyms, Sem Uortington va Riz Ahmad.
Sinopsis: korrupsiyaga uchragan korporatsiyalar va ularga tahdid solayotgan odamlar oʻrtasida foydali bitimlar tuzadigan broker, yangi mijoz tirik qolishi uchun himoya qilish sababidan unga murojaat qiladi va oʻz qoidalarini buzadi.
“Пойман с поличным”
Caught Stealing
Janr: triller, komediya, jinoiy.
Premyera sanasi: 28-avgust.
Darren Aronofski oʻz oʻrnida. XXI asrning eng esda qolarli filmlaridan birining rejissyori o‘zining yangi ishi — komediya elementlari bo‘lgan kriminal trillerni taqdim etmoqda. Kinoda Ostin Batler, Mett Smit, Zoi Kravits, Vinsent D’Onofrio, Liv Shrayber, Bad Bunny va yoqimli mushukni koʻrish mumkin. Yura Borisov tomoshabinlar qalbini zabt etganidan so‘ng, kinokartinada Yuriy Kolokolnikov va Nikita Kukushkinni zoʻravonlar rolida koʻrish mumkin. Ehtimol, Aronofski janrni yangi bosqichga k. Biz faqat xursand bo‘lamiz. Muhimi, mushukka hech narsa bo‘lmasin.
Sinopsis: Xenk Tompson — maktab beysbol jamoasining sobiq yulduzi, u endi o‘ynay olmaydi, lekin boshqa tomondan hammasi yaxshidek: sevimli qiz, Nyu-York oshxonasida barmen bo‘lib ishlash va sevimli jamoasining kutilmaganda chempionlik yoʻlini boshlashi.
Uning pank qo‘shnisi Russ mushukka bir necha kun qarab turishni so‘raganida, Xenk to‘satdan gangsterlarning turli to‘dalari bilan bog‘liq aql bovar qilmas voqeaga duch keladi. Ularning hammasi undan nimanidir istaydi — faqat Xenkning o‘zi aynan nimani istayotganini tushunmaydi. Bu tuzoqdan qutulishga harakat qilar ekan, Xenk nima gapligini tushunish uchun tirik qolish topqirligini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
“Супруги Роуз”
The Roses
Janr: drama, komediya.
Premyera sanasi: 28-avgust.
“Meet the Parents” va “Meet the Fockers” filmlari rejissyori sevgi nafaqat tanlov, balki kurash maydoni ham bo‘lishini ko‘rsatuvchi filmni taqdim etadi. Hech qanday yangilik yo‘qdek ko‘rinda-da, lekin dramaga zarar yetmagan holda satira ham bo‘lishini va’da qilishadi. Bosh rollarda Benedikt Kamberbetch va Oliviya Kolman.
Sinopsis: Ayvi va Teoning namunali nikohi va muvaffaqiyatli karyerasi faqatgina tashqaridan yaxshi ko‘rinadi. Teoning karyerasi barbod bo‘lib, Ayvining muvaffaqiyati, aksincha, shiddat bilan o‘sib borayotgan vaqtda, ular o‘rtasida qattiq raqobat paydo bo‘ladi va chuqur xafagarchiliklar yuzaga chiqadi.