"Formula 1" Bred Pitt faoliyatidagi eng koʻp daromad keltirgan filmiga aylandi

E’lon qilingan sana· 117
"Formula 1" Bred Pitt faoliyatidagi eng koʻp daromad keltirgan filmiga aylandi

Bred Pitt bosh rolni ijro etgan "Formula-1" filmi rasman uning asosiy roldagi aktyor sifatidagi faoliyatida eng yuqori daromad keltirgan loyiha bo‘ldi. Deadline ma’lumotlariga ko‘ra, kartina Pittning avvalgi loyihalari, jumladan, "World War Z"dan ko‘ra ko‘proq daromad keltirgan va butun dunyo bo‘ylab 545,6 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan.

Bred Pitt bosh rolni ijro etgan “Formula-1” filmi rasman uning asosiy roldagi aktyor sifatidagi faoliyatida eng yuqori daromad keltirgan loyiha bo‘ldi. Deadline ma’lumotlariga ko‘ra, kartina Pittning avvalgi loyihalari, jumladan, “World War Z"dan ko‘ra ko‘proq daromad keltirgan va butun dunyo bo‘ylab 545,6 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan.

Istisno faqat “Dedpul 2” kinokartinasi bo‘lib, unda Pitt epizodik rol o‘ynagan. Film 785 million dollardan koʻproq mablag' toʻplagan. Ammo to‘laqonli loyiha sifatida “Formula-1” Pitt karyerasidagi mutlaq rekord hisoblanadi.

Premyeradan keyingi ilk dam olish kunlarida film dunyo bo‘ylab taxminan 144 million, jumladan, Shimoliy Amerikada 55,6 million dollar daromad keltirdi. Bu Pittning butun faoliyati davomidagi eng yaxshi start hisoblanadi. Dastlabki besh hafta yakunlariga ko‘ra, yig‘imlar 500 milliondan oshdi va 600 milliongacha o‘sishi kutilmoqda.

Oʻz navbatida, Bred Pitt film ustida ishlash uning uchun yangi bosqich boʻlganini ta’kidladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling