Ledi Gaga "Uensday"ning ikkinchi mavsumi uchun yangi saundtrek yozmoqda

Gaga serialda "Nevermor" Akademiyasi afsonaviy o‘qituvchisi rolini ham ijro etadi.
Ledi Gaga “Uensday” ikkinchi mavsum epizodlarida yangraydigan Dead Dance deb nomlangan original qoʻshiqni yozdi.
Variety ma’lumotlariga koʻra, qoʻshiq va videoklip mavsumning ikkinchi qismi premyerasi bilan bir paytda, 3-sentabrda chiqarilishi rejalashtirilgan. Mavsumning birinchi qismi esa 6-avgustda chiqariladi. Qoʻshiq prodyusserlar Endryu Vatt va Cirkut tomonidan yozilgan, Gaga bu jamoa bilan 2025-yilgi “Mayhem” albomida muvaffaqiyatli hamkorlik qilgan.
Gaga, shuningdek, “Nevermor” akademiyasining afsonaviy o‘qituvchisi Rozalina Rotvud rolini ham oʻynaydi. Uning serialdagi ishtiroki ilk bor Tudum tadbirida e’lon qilingan boʻlib, u yerda qoʻshiqchi shouni ajoyib jonli ijro bilan yakunlab bergandi.