Yangi "Narniya" filmining suratga olish ishlari boshlandi

“Barbi” filmi rejissyori Greta Gervig tomonidan ishlanayotgan yangi “Narniya” kinokartinasini suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda DiscussingFilm xabar berdi.
Qayd etilishicha, film premyerasi 2026-yilning noyabr oyida Netflix platformasida va IMAX kinoteatrlarida boʻlib oʻtadi. Film Klayv Lyuisning “Sehrgarning jiyani” turkumidagi oltinchi qissaga asoslanadi.
Ushbu kitobda Narniyaning kelib chiqishi haqida hikoya qilinadi va hikoya markazida Digori amakining sehri tufayli sehrli dunyoni kashf etgan Digori Kirk va Polli Plammer turadi.
Filmda rol ijro etish uchun aktyorlar kastingi bo‘lib o‘tdi. Yangi filmda Oq jodugar rolini Emma Maki ijro etadi. Shuningdek, kartinada britaniyalik aktrisa Keri Malligan ham suratga tushadi.
Meril Strip ham film ijodkorlari bilan muzokaralar olib bordi, aktrisa “Narniya: Afsungarning jiyani” filmida Aslan rolini o‘ynashi mumkin. Deniel Kreyg Digori roliga ko‘rib chiqiladi.