Entoni Starr Xoumlender roli va "The Boys" seriali bilan xayrlashdi

E’lon qilingan sana· 265
Entoni Starr Xoumlender roli va "The Boys" seriali bilan xayrlashdi

Amazon kompaniyasining “The Boys” serialidagi Xoumlender rolini ijro etgan Entoni Starr shouning beshinchi final mavsumini suratga olish ishlari tugagandan so‘ng o‘z qahramoni bilan xayrlashdi.

Aktyor bu loyihani “faoliyatining eng yuqori nuqtasi” deb atadi. Suratga olish maydonchasidan olingan suratlar joylashtirilgan postda Starr his-tuyg‘ularini boʻlishishdan oldin serialning yakuni haqida o‘ylab ko‘rishga vaqt ajratganini ta’kidladi.

“Ajoyib sayohat, shaxsiy o‘sish va hayot. Qanday ajoyib jamoa! Bu haqiqatan ham faoliyatimdagi eng yaxshi tajriba”, — dedi aktyor.

  • false
  • false
  • false
  • false

Starr suratga olish guruhi, aktyorlar jamoasi, Amazon va Sonyga ishonch uchun, shuningdek, “bu murakkab va rasvo qahramonni birgalikda yaratgan” shouranner Erik Kripkega minnatdorchilik bildirdi.

“Bu murakkab qahramon menga o‘zim kutmagan chegaralarni ochish va kengaytirish uchun makon hamda imkoniyat berdi. Men bu tajriba uchun doimo minnatdor bo‘laman… Biz haqiqiy maxluqni yaratdik… Men ham uni sog‘inaman”, — dedi Entoni Starr.

“The Boys” seriali 2019-yilda start olgan va sakkizta “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgandi. Final mavsumi qachon chiqishi haqida aniq ma’lumot yoʻq. Serial spin-offi hisoblangan yosh superqahramonlar haqida hikoya qiluvchi “V avlodi"ning ikkinchi mavsumi esa 17-sentyabrda premyera qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Entoni Starr Xoumlender roli va "The Boys" seriali bilan xayrlashdi — Toshkent Afishasi