"Uensday" ijodkorlari "Addamslar oilasi" multfilmini yaratadilar

Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, “loyihadagi hamma narsa yangi bo‘ladi, biroq Addamslar oilasining timsoliga aylangan o‘ziga xos qora yumor saqlanib qoladi”.
“Uensday” ssenariy mualliflari va shourannerlari Alfred Gaf va Maylz Millar “Addamslar oilasi” haqidagi mutlaqo yangi animatsion film ustida ishlamoqda .
Loyiha Amazon MGM studiasi uchun ishlab chiqilmoqda va 2019 va 2021-yillardagi animatsion filmlar yoki hozirgi Netflix seriyalari bilan bog‘lanmagan holda, toʻliq metrajli qayta ishga tushirish sifatida katta ekranga chiqishi kafolatlangan. Suratga olish ishlarining dastlabki bosqichlarida rejissyorlar Addams Foundationdan Kevin Mizerochi (Charlz Addams merosining saqlovchisi), shuningdek, prodyuserlar Geyl Berman va Jon Glikman bilan hamkorlik qilmoqda.
Hozircha filmning syujeti ham, aktyorlar tarkibi ham, ekranga chiqish sanasi ham oshkor etilmagan. Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, “loyihadagi hamma narsa yangi bo‘ladi, biroq Addamslar oilasining timsoliga aylangan o‘ziga xos qora yumor saqlanib qoladi”.