YouTube Oskar marosimi translyatsiyasi huquqini sotib olishi mumkin

E’lon qilingan sana· 85
YouTube Oskar marosimi translyatsiyasi huquqini sotib olishi mumkin

YouTube kompaniyasi Oskar taqdirlash marosimi translyatsiyasi huquqini sotib olishga qiziqmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, marosimning videoxostingga ko‘chirilishi yildan-yilga mashhurligini yo‘qotayotgan shouga ko‘proq e’tiborni jalb qilishi mumkin.

“YouTube — dunyodagi eng ko‘p tomosha qilinadigan video platformasi va haqiqiy media qiroli. U auditoriyani kafolatlashi va global maydonni taklif qilishi mumkin”, — deya ta’kidlaydi Bloomberg.

Biroq YouTube Oskar uchun kurashda gʻolib chiqishi aniq emas. Chunki marosim huquqi uchun ko‘plab kompaniyalar kurashmoqda, ularning ko‘pchiligi o‘z telekanallari va striming platformalariga ega. Da’vogarlar orasida NBCUniversal (Comcast) va Netflix bor.

Deyarli 50 yildan beri marosimni ABC (Disney) translyatsiya qiladi va bu kamida 2028-yilgacha davom etadi. Hozirda Kino san’ati akademiyasi translyatsiya uchun da’vogarlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling