"Emily in Paris" serialining 5-mavsumi qachon chiqishi e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 106
"Emily in Paris" serialining 5-mavsumi qachon chiqishi e'lon qilindi

Serial premyerasi Netflix’da 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Netflix “Emily in Paris” serialining beshinchi mavsumi premyera sanasini e’lon qildi va serialning rasmiy kadrlari bilan bo‘lishdi. Reliz joriy yilning 18-dekabrida boʻlib oʻtadi.

Yangi mavsum 10 qismdan iborat boʻlib, voqealar Venetsiyada boʻlib oʻtadi. Syujetga koʻra, bosh qahramon Emili Kuper (Lili Kollinz) Agence Grateau Rim agentligiga rahbarlik qiladi va uning faoliyati va shaxsiy hayotida qiyinchiliklarga duch keladi.

Serialning beshinchi qismining yaratuvchisi, yozuvchisi va ijrochi prodyuseri sifatida Darren Star ish olib boradi. Rollarda Fillipin Lerua-Bolye, Eshli Park, Lukas Bravo, Samuel Arnold va boshqalar ishtirok etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling