82-Venetsiya kinofestivalining g‘oliblari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 93
82-Venetsiya kinofestivalining g‘oliblari e’lon qilindi

Bosh sovrinni rejissyor Jim Yarmushning “Ota, ona, opa, uka” filmi qo‘lga kiritdi.

Venetsiyada 82-Xalqaro Venetsiya kinofestivali yakuniga yetdi . Tadbir 27-avgustdan 6-sentabrgacha bo‘lib o‘tdi. Aleksander Peyn tanlovning asosiy hakamlar hay’ati rahmabrlik qildi, ochilish va yopilish marosimlarini italiyalik aktrisa Emanuela Fanelli olib bordi.

Venetsiya kinofestivalining asosiy tanlovi:

“Eng yaxshi film” uchun “Oltin sher” mukofoti: “Ota, ona, opa, uka” rejissyor Jim Yarmush;

“Eng yaxshi rejissyor” uchun “Kumush sher” mukofoti: Benni Sefdi, “Vayron boʻlayotgan mashina”;

Hakamlar hay’atining Grand-prisi: “Hind Rajab ovozi”, rejissyor Kauter Ben Xaniya;

Eng yaxshi ssenariy (Oltin Ozella): Valeri Donzelli va Jil Marshan, “Ishda”, rejissyor Valeri Donzelli;

Eng yaxshi ayol roli (Volpi kubogi): Sin Chjiley, “Qushosh barchamiz uchun chiqadi”, rejissyor Sai Shangjun;

Eng yaxshi erkak roli (Volpi kubogi): Toni Servillo, “Avf”, rejissyor Paolo Sorrentino;

Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti: “Bulutlar ostida”, rejissyor Janfranko Rozi;

Eng yaxshi yosh aktyor yoki aktrisa uchun Marchello Mastroyanni mukofoti: Luna Uelder, “Sukutdagi doʻst”, rejissyor Ildiko Enyedi;

Eng yaxshi debyut filmi uchun Luidji Di Laurentis mukofoti: “Qisqa yoz”, rejissyor Nastya Korkia.

“Gorizontlar” dasturi gʻoliblari roʻyxati:

Eng yaxshi film: “Yo‘lda” (En el camino), rejissyor Devid Pablos;

Eng yaxshi rejissyor: Anuparna Roy, “Unutilgan daraxtlar qo‘shiqlari”;

Eng yaxshi aktyor: Giacomo Covi, “Bir yil maktabda”;

Eng yaxshi aktrisa: Benedetta Porkaroli, Arabellaning o‘g‘irlanishi;

Eng yaxshi ssenariy: Ana Kristina Barragan, “Pechak”;

Eng yaxshi qisqa metrajli film: “Kellisiz”, rejissyor Lovisa Siren;

Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti: “Yoʻqotilgan yer”, rejissyor Akio Fujimoto.

“Venetsiya klassikasi” dasturi:

Eng yaxshi hujjatli film: “Mata Xari”, rejissyor Jo Beshenkovski va Jeyms A. Smit;

Qayta tiklangan eng yaxshi film: “Oʻzinikilar ichida begona — Bashu”, rejissyor Bahram Beyzay.

“Venice Immerse” dasturi:

Bosh mukofot: “Ikki ming metr balandlikdagi bulutlar”, rejissyor Singin Chen;

Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti: “5 grammdan kam za’faron”, rejissyor Negar Motevali Meidanshoh;

Muvaffaqiyat mukofoti: “Uzoq vidolashuv”, rejissyor Kate Vut va Viktor Meys.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling