"Shamsiqamar" filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 93

16-sentyabr kuni soat 18:00 da Milliy kino san’ati saroyida rejissyor Nusrat Husanov tomonidan suratga olingan “Shamsiqamar” nomli badiiy filmning katta premerasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kinokartina Kinematografiya agentligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida ishlangan. Bosh rollarni aktrisa Yulduz Rajabova hamda aktyor Sherzod Murodov ijro etgan.
Shuningdek, filmda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sayyora Yunusova va yosh Munisa Magamet ishtirok etgan. Ssenariy muallifi Shohida Abduqodir hisoblanadi.