“Death Stranding: Mosquito” animatsion filmining ilk tizeri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 203
“Death Stranding: Mosquito” animatsion filmining ilk tizeri e'lon qilindi

Film oʻyin syujetini takrorlamagan holda, "Death Stranding" olamidagi original hikoyani taqdim etadi.

Yaponiyalik mashhur o‘yin dizayneri Hideo Kojimaning KOJIMA PRODUCTIONS studiyasi “Death Stranding” video o‘yini olamini kengaytiruvchi “Death Stranding: Mosquito” animatsion filmining birinchi treylerini taqdim etdi.

Film oʻyin syujetini takrorlamagan holda, “Death Stranding” olamidagi original hikoyani taqdim etadi. Ijodkorlar syujet tafsilotlarini sir tutmoqdalar, biroq treyler chivinlarning qon so‘rishiga o‘xshab “biror narsani olish” qobiliyatiga ega qahramonni va asl o‘yin qahramoni Sem Porter bilan jangni ko‘rsatadi. Sem syujetdagi markaziy shaxs emas.

Loyiha rejissyori Hiroshi Miyamoto, ssenariy muallifi esa “Raised by Wolves” seriali va “Prisoners” filmi tanilgan Aaron Guzikovski.

Premyera sanasi hali e’lon qilinmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling