"Demon Slayer" tarixdagi eng koʻp daromad keltirgan anime-filmga aylandi

E’lon qilingan sana· 155
"Demon Slayer" tarixdagi eng koʻp daromad keltirgan anime-filmga aylandi

“Demon Slayer: Infinity Castle” tarixdagi eng koʻp daromad keltirgan anime va barcha davrlardagi eng koʻp daromad keltirgan yapon filmiga aylandi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

Jahon prokatida ushbu anime 555 million dollardan ortiq daromad keltirdi. Eng ko‘p daromad keltirgan anime-filmlar orasida ikkinchi o‘rinda 2020-yilda chiqqan “Demon Slayer: Mugen Train” (507 million dollar) filmi turadi.

“Infinity Castle” Kyoxaru Gotogening shu nomdagi mangasiga asoslangan boʻlib, allaqachon bir nechta filmlar va animatsion seriallarga moslashtirilgan.

Anime syujetiga ko‘ra, iblislar Tanziro Kamadoning barcha qarindoshlarini o‘ldirib, uning singlisi Nedzukoni iblisga aylantiradi. Yigit Iblis qiruvchilar korpusiga qo‘shiladi. Jangchilar iblislar bilan jang qilish uchun mashq qilib, tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Korpus boshlig‘ining mulkida barcha iblislarning ajdodi va Tanziro oilasining qotili Muzan Kibutsudzi paydo bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling