"Avatar 3" filmining yangi treyleri e'lon qilindi

Loyiha “Alanga va kul” deb nomlangan bo‘lib, Jeyk Salli va Neytiri oilasi haqidagi hikoyani davom ettiradi.
Jeyms Kemeron olamidagi uchinchi film bo‘lmish “Avatar: olov va kul"ning yangi treyleri chiqdi.
Syujet bo‘yicha, qahramonlar okean yerlarini tark etib, Pandoraning yangi hududiga — Kul qabilasining vulqonli yerlari tomon yo‘l oladilar. Bu jamiyat tinchliksevar Metkayinalardan farqli ravishda, qattiq tartib-qoidalari, tajovuzkor fe’l-atvori va tabiatga bo‘lgan o‘ziga xos munosabati bilan ajralib turadi. Film, shuningdek, tomoshabinlarni boshqa qabilalar, jumladan shamol qabilasidan chiqqan savdogarlar bilan ham tanishtiradi.
Aktyorlar tarkibiga Sem Uortington, Zoi Saldana, Sigurni Uiver, Keyt Uinslet va Stiven Lang qaytdi. Yangi aktyorlar orasida Uona Chaplin, Kul qabilasining yetakchisi Vorang va Devid Tyulis bor.
Rejissyor an’anaviy tarzda Jeyms Kemeron bo‘ladi. Kemeronning aytishicha, bu film oldingi qismdan ham uzunroq bo‘ladi, chunki “Suv yo‘li” filmining bir qism materiallari aynan shu asar uchun saqlab qo‘yilgan. Bundan tashqari, rejissor ta’kidlashicha, aynan uchinchi qism umumiy voqeani tushunish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi va allaqachon ishlab chiqilayotgan to‘rtinchi hamda beshinchi filmlar uchun yo‘nalish belgilab berishi kerak.
Film butun dunyo boʻylab 19-dekabrda namoyish etiladi.