Jadidlar haqidagi “Qora kitob” filmi premyera qilinadi

Milliy kino san’ati saroyida 4-oktyabr kuni soat 18:00 da “Vatan” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Qora kitob” badiiy filmning premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kinosaroy matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Qora kitob” yoshlar auditoriyasi uchun ishlangan mistika janridagi to‘liq metrajli badiiy film hisoblanadi.
Unda o‘z madaniyati va tarixiga loqayd bo‘lgan, universitetda faqat diplom olish uchun o‘qiydigan, qiziqishi yangicha urfda kiyinish, zamonaviy telefon va kosmetikadan iborat bo‘lgan bir talaba qizning jadidlar bilan bog‘liq mavzudagi kurs ishi sababli dunyoqarashini o‘zgarishi haqida hikoya qiladi.
Filmda bosh rolni Mahliyo Asqaraliyeva ijro etgan. Ssenariy mualliflari Sardor Mahmudov va Otabek Yo‘ldoshev, postanovkachi rejissyor Otabek Yo‘ldoshev. Kinokartina badiiy rahbar Hilol Nasimov hisoblanadi.