Sarvar Karimovning yangi “Sevgi sharbati” filmi premyera qilinadi
E’lon qilingan sana: · 368

Milliy kino san’ati saroyida 2-oktyabr kuni soat 18:00 da rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan “Sevgi sharbati” nomli badiiy filmning premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Syujetga koʻra, yosh kimyo talabasining orzusi — “Sevgi sharbati” yaratish. U tasavvuriga ko‘ra, shu sehrli ichimlikdan keyin dunyodagi barcha qizlar unga oshiq bo‘lishi kerak.
Ammo kutilmagan tajriba natijasida uning rejalari amalga oshmaydi va aksincha, o‘zi ayolga aylanib qoladi.
Filmda rollarni Murod Nasimov, Charos Abbazova, Bobur Mansurov, Sabina Ibragimova, Gulchehra Nosirova hamda Tohir Saidov kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.