Gollivudda ilk bor SI tomonidan yaratilgan aktrisa paydo bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 812
Gollivudda ilk bor SI tomonidan yaratilgan aktrisa paydo bo‘ldi

“Xicoia” studiyasi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ilk raqamli aktrisa Tilli Norvudni taqdim etdi va u Gollivuddagi bir nechta iste’dodlarni tanlash agentliklarining e’tiborini tortdi. Bu xabar haqiqiy aktyor va aktrisalarni, jumladan, Melissa Barrerani g‘azablantirdi, deb yozmoqda Deadline.

Barrera yana bir necha hamkasblari bilan birgalikda sun’iy intellekt yaratgan aktrisani yollamoqchi bo‘lgan kompaniyalarni boykot qilishga chaqirdi.

“Naqadar jirkanch”, — deb izoh berdi u raqamli ijodkorlarning tarqalishi g‘oyasiga. Shuningdek, uni bir qator aktyor va aktrisalar qoʻllab-quvvatladi.

“Xicoia” turli sohalar uchun sun’iy intellekt personajlarini yaratishga e’tibor qaratadi: filmlar va seriallar yaratishdan tortib, podkastlar, tiktok, YouTube, brend kampaniyalari va video o‘yinlargacha. Shuningdek, muxlislar bilan muloqot qilish uchun ham raqamli personajlar ishlab chiqiladi.

Kompaniya personajlari insonning ijodiy nazorati va sun’iy intellektning avtonom reaksiyasini birlashtirgan gibrid model asosida yaratilgan. Ular batafsil tarixga, o‘ziga xos ovozga va to‘liq ochib berilgan shaxslarga ega.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling