Yangi "Simpsonlar" multfilmi premyera sanasi e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 132
Yangi "Simpsonlar" multfilmi premyera sanasi e'lon qilindi

20th Century Studios mashhur mult-serial asosida suratga olinadigan yangi filmning premyera sanasini e’lon qildi.

Hozircha syujet tafsilotlari oshkor qilinmagan. Taqdim etilgan posterdagi yagona ishora — pushti ponchik tasviri va shior: “Gomer yana qo‘shimcha uchun qaytadi"(Homer's coming back for the seconds).

Matt Groening yaratgan “The Simpsons” — televideniedagi eng uzoq davom etayotgan animatsion serial. U ilk bor 1989-yil dekabrda namoyish etilgan va hozirgacha 37 mavsum hamda 790 dan ortiq seriya ishlab chiqarilgan.

Multfilm 2027-yil 23-iyul kuni premyera qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Yangi "Simpsonlar" multfilmi premyera sanasi e'lon qilindi — Toshkent Afishasi