Mumin trollari haqida ilk to‘liq metrajli animatsion film yaratiladi

E’lon qilingan sana· 365
Mumin trollari haqida ilk to‘liq metrajli animatsion film yaratiladi

Moomin Characters va Annapurna Animation kompaniyalari mashhur mumin trolllar haqidagi yangi to‘liq metrajli film ustida ishlayotganini e’lon qildi. Bu AQShda yaratilayotgan ilk mumiy trolllar filmi bo‘ladi.

Loyiha ustida mashhur multserial “Steven Universe” muallifi Rebekka Shugar ssenariy muallifi va rejissor sifatida ishlaydi. Film prodyuseri esa “The SpongeBob SquarePants” va “The Rugrats” filmlari bilan tanilgan Juliya Pistor bo‘ladi. Hozircha yangi filmning syujeti, aktyor tarkibi va chiqish sanasi haqida ma’lumot berilmagan.

Film Finlyandiya yozuvchisi va rassomi Tuve Yansson yaratgan klassik asarlarga yangi hayot bag‘ishlaydi. Muallif Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan bu yumshoq, mehribon va hayratga to‘la mavjudotlar — mumin trolllar sehrli Mumin vodiysida yashaydi. Ularning hikoyalari do‘stlik, jasorat va hurmat qadriyatlarini targ‘ib etadi. Kitoblari 60 dan ortiq tillarga tarjima qilingan, komiks va multseriallar esa 120 mamlakatda namoyish etilgan.

2019 yilda “Mumin vodiysi” nomli serial chiqib, unda Rozamund Payk, Mett Berri va Bel Pauli kabi aktyorlar ovoz bergan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling