"Oushenning 14 doʻsti" yangi filmining suratga olish ishlari qachon boshlanishi ma'lum qilindi

E’lon qilingan sana· 156
"Oushenning 14 doʻsti" yangi filmining suratga olish ishlari qachon boshlanishi ma'lum qilindi

Amerikalik aktyor Jorj Kluni “Ocean's 14” — ya’ni “Oushenning o‘n to‘rt do‘sti” filmi uchun Warner Bros. studiyasi byudjetni tasdiqlaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suratga olish ishlari taxminan 9−10 oy ichida boshlanadi.

“Hozirgina Warner Brothers film byudjetini ma’qulladi. Hozir tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanayapmiz — faqatgina suratga olish sanasini kelishish qoldi. Ehtimol, taxminan to‘qqiz yoki o‘n oydan so‘ng boshlaymiz”, — dedi Kluni muxlislar savollariga javoban.

Shunindek, aktyorlar safida eski jamoa a’zolari Julia Roberts, Bred Pit, Met Deymn hamda Don Chidl boʻlishi mumkingi aytilmoqda. Oshkora ma’lumotlarga ko‘ra, yangi filmni “Bullet Train” rejissyori Devid Leych boshqaradi.

Original trilogiya 2001-yilda Stiven Soderberg rejissyorligida chiqqan “Oushenning 11 do‘sti” filmi bilan boshlangan. U tanqidchilar e’tirofiga sazovor bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 450 million dollardan ortiq daromad keltirgan. Keyingi qismlar — “Oushenning 12 do‘sti” (2004) va “Oushenning 13 do‘sti” (2007) — ham jahon kassasida muvaffaqiyat qozongan.

2018-yilda esa toʻliqligicha ayollardan tashkil topgan spin-off loyihasi “Oushenning sakkiz do‘sti” — Sandra Ballok bosh rolida namoyish etilgan bo‘lib, unda Keyt Blanshett, Rihanna, Enn Xeteuey va boshqa mashhur aktrisalar ishtirok etgan. Film 297 million dollar daromad to‘plagan.

Bundan tashqari, avgust oyida rejissyor Li Ayzek Chun bilan “Oushenning o‘n bir do‘sti” filmiga bag‘ishlangan prikvel ustida ish olib borilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Loyiha 1960-yillar Yevropasida kechadi, biroq syujet tafsilotlari sir tutilmoqda. Avvalroq asosiy rollarga Rayan Gosling va Margo Robbi nomzod sifatida ko‘rib chiqilgan, ammo ularning ishtiroki hali rasman tasdiqlanmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling