“Mercy” filmining ilk treyleri e'lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 378

Bosh rollarni Kris Pratt va Rebekka Fergyuson ijro etgan loyihaga Timur Bekmambetov rejissyorlik qilgan.
Amazon MGM Studios ilmiy-fantastik skrinlayf-triller “Mercy” filminng birinchi treylerini taqdim etdi.
Yaqin kelajakda og‘ir jinoyatlar darajasi keskin oshdi. Xotinini o‘ldirganlikda ayblanayotgan detektiv Kris Reyven 90 daqiqa ichida o‘zi ilgari qo‘llab-quvvatlagan ilg‘or sun’iy intellekt sudya oldida o‘zining aybsizligini isbotlashi kerak.
Filmda bosh rollarni Kris Pratt va Rebekka Fergyuson ijro etgan. Timur Bekmambetov rejissyorlik qilmoqda.
Film IMAX va 3D formatlarida chiqarilishi rejalashtirilgan. Xalqaro ekranlarda 2026-yil 23-yanvarga premyera qilinishi rejalashtirilgan.