2025-yil oktyabrda onlayn ko‘rish mumkin bo‘lgan kino va seriallar

E’lon qilingan sana· 143
2025-yil oktyabrda onlayn ko‘rish mumkin bo‘lgan kino va seriallar

Agar oqshomlarni samarali o‘tkazishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, unuting: oktyabr oyi onlayn yangiliklarga sho‘ng‘ish va ulardan zavqlanish uchun yaratilgan.

Koʻrpangizga o‘rabnib, issiq ichimlikdan simirib va streaming platformalariga sho‘ng‘ing — bu yil oktyabr haqiqatan ham saxovatli. Ayniqsa to‘liq metrajli premyeralar orasida tanlov juda boy. Shunday ekan, agar siz kechalarni “samarali” o‘tkazmoqchiman deb rejalashtirgan bo‘lsangiz — bu fikrni unuting. Oktyabr — yangi onlayn premyeralarga sho‘ng‘ish va ularda orasi yoʻqolib qolish uchun yaratilgan oy.

Kichik tizer esa shuki: biz odatda streaming premyeralarini kamdan kam sharhlaymiz, biroq bu safar gaplashishga arziydigan yangiliklar juda ko‘p bo‘ladi.

Filmlar

“Грязная игра”

Play Dirty
Janr: jangari, komediya, jinoyat.
Premyera sanasi: 1-oktyabr Prime Video.

Rejissor Sheyn Blek uzoq tanaffusdan so‘ng “iflos noir” janriga, lekin bu safar kulgi aralash ohangda qaytmoqda. Shu bilan birga, u Donal’d Uestleykning (Parker seriyasi) original romanlariga hurmat bilan yondashadi. Intervyuda Blekning aytishicha, maqsad shunchaki ekranlashtirish emas, balki butun seriyadan ilhomlangan, ham muxlislarga, ham yangi tomoshabinlarga yoqadigan hikoyani o‘ylab topish bo‘lgan. Uning “Goodfellas” filmidan so‘ng, muxlislar ruh bilan sug‘orilgan jinoyat hikoyasini kutishmoqda. Bosh rollarda: Mark Uolberg, Lakit Stenfild, Roza Salazar, Kigen-Maykl Ki, Chukudi Ivudji va Nat Vulf.

Sinopsis: professional o‘g‘ri Parker yirik o‘g‘irlikni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. U operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun profissional jamoa yig‘adi va Grofild hamda Zen bilan birlashadi.


“Стив”

Steve
Janr: drama, komediya.
Premyera sanasi: 3-oktyabr Netflix.

Netflix bu safar oktyabrda og‘ir artilleriyani ishga soladi, ya’ni Killian Merfini. U yana asabiy toliqish yoqasida turgan inson rolida, biroq bu safar na mafiya a’zosi, na olim, balki muammoli o‘smirlar uchun mo‘ljallangan maktab direktori. Filmni “Peaky Blinders” seriali rejissyori Tim Milants suratga olgan. Syujet esa Maks Porterning “Shy” romaniga asoslangan, ammo muallif hikoyani bu safar o‘quvchi emas, balki o‘qituvchi nuqtayi nazaridan qayta yozgan, shuning uchun ham u yanada dramatik ko‘rinadi.

Sinopsis: 1996-yil, Buyuk Britaniya. O‘g‘il bolalar uchun mo‘ljallangan tarbiyaviy maktabga hujjatli film suratga oluvchi guruh tashrif buyuradi. Maktab direktori Stiv hukumatning ta’lim sohasidagi islohotlari fonida muassasani yopilishdan saqlab qolishga urinadi, biroq bu orada uning o‘z ruhiy holati ham yomonlashadi. Hujjatli film jamoasi maktab haqida ko‘proq bilishga harakat qilar ekan, Stiv va o‘qituvchilar jimjit, ichiga tortilgan Shay ismli o‘quvchiga qanday yaqinlashishni bilmay qiynalishadi.


“Школьный автобус”

The Lost Bus
Janr: triller, drama, detektiv, biografiya, tarixiy.
Premyera sanasi: 3-oktyabr Apple TV+.

Bu film tutun hididan ham og‘irroq go‘yo jazirama mavsumidagi havoday. Hazil bir chekkada, ammo bu haqiqiy fojia asosidagi hikoya: 2018-yilda Kaliforniyadagi Paradise shahri yong‘in natijasida deyarli xaritadan o‘chib ketgan. Filmda avtobus — najot kemasiga, har bir burilish esa hayot-mamot garoviga aylanadi. “Nuh” rolida Mettyu Makkonaxi, unga esa Amerika Ferrera yordam beradi. Kartinani Pol Gringrass suratga olgan u deyarli barcha “Jeyson Born” filmlarining rejissyori sifatida tanilgan.

Sinopsis: avtobus haydovchisi o‘qituvchi va uning o‘quvchilarini yovvoyi o‘rmon yong‘inidan qutqarish uchun hamma narsasini xavf ostiga qo‘yadi.


“Девушка из каюты № 10”

The Woman in Cabin 10
Janr: triller, drama, detektiv.
Premyera sanasi: 10-oktyabr Netflix.

Yana bir Netflix loyihasi bu safar tomoshabinlarni shampan daryoday oqib, asablar esa dengizga chelaklab tashlanadigan hashamatli yaxtaga chorlaydi. Mahalliy “Erkyol Puaro” rolida — Kira Naytli, shuningdek, shubhali darajada jozibali hamrohlari orasida Gay Pirs, Gugu Mbata-Ro va Xanna Ueddingem bor. Rejissyorlik lavozimida detektiv janrining ustasi Simon Stoun. Film Rut Ueyrning shu nomdagi romaniga asoslangan.

Sinopsis: muvaffaqiyatli jurnalist Lora Bleklok yangi maqola ustida ishlash uchun nufuzli insonlar bilan birga hashamatli yaxtada suzishga chiqadi. Bir kecha u yon kajutdan kelayotgan shovqin va qichqiriqlarni eshitadi. Tashqariga qaraganida esa kimningdir jasadi dengizga uloqtirilayotganini ko‘radi. Lora bu hodisa haqida xabar beradi, biroq ekipaj hamda yo‘lovchilar unga ishonmaydi — ular aytishicha, yon kajutda hech kim bo‘lmagan. Endi u o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham, haqiqatni aniqlashga qaror qiladi.


“Рука, качающая колыбель”

The Hand That Rocks the Cradle
Janr: qoʻrqinchli, triller.
Premyera sanasi: 22-oktyabr Hulu.

Bu esa 1992-yilda suratga olingan shu nomdagi filmning remeyki bo‘lib, syujet asosi sifatida Rut Ueyrning shu nomdagi romani olingan. Rejissor Mishel Garsa Servera yangi talqinda bosh qahramon — bolalarni parvarish qiluvchi ayolning motivatsiyasini kengaytirganini, axloqiy noaniqlik bilan o‘ynaganini hamda mojaroga qorong‘u va yangicha qarashlarni qo‘shganini ta’kidlaydi. Bosh rollarda Meri Elizabet Uinsted va Mayka Monro.

Sinopsis: voqealar markazida jurnalist Lora Bleklok turadi. U xizmat safarida kruiz kemasida bo‘lgan paytda bir odamning jasadini dengizga uloqtirib yuborilganini ko‘radi. U bu haqda ekipajga xabar beradi, biroq hech kim ishonmaydi, chunki barcha yo‘lovchilar va kemadagi ishchilar joyida bo‘lishadi.


“Дом динамита”

A House of Dynamite
Janr: triller, drama.
Premyera sanasi: 24-oktyabr Netflix.

Oskar sovrindori, “To‘lqinlarni boʻysindirib” va “Bo‘ron hukmdori” filmlarining rejissori, shuningdek, Jeyms Kemeronning sobiq rafiqasi Ketrin Bigelou boshchiligida bizni, ehtimol, oktyabr oyining eng muhokamali to‘liq metrajli filmi kutmoqda. Ssenariy muallifi Noa Oppengeym o‘zining jurnalistik tajribasidan va Pentagon, Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) hamda Oq uy sobiq xodimlarining maslahatlaridan foydalangan — shuning uchun filmda hukumat qanday harakat qilishi mumkinligi eng real shaklda tasvirlanadi. Tomoshabinlar deyarli hujjatli film darajasidagi realizmni kutishmoqda.

Film birinchi marta Venetsiya kinofestivalida namoyish etilgan va u yerda iliq kutib olingan. Tanqidchilar nafaqat aktyorlar ijrosini, balki montaj va operatorlik ishini ham alohida e’tirof etishgan. Aytilishicha, filmda keskinlik har daqiqada ortib boradi, biroq ortiqcha patetikasiz. Bosh rollarda — Idris Elba va Rebekka Fergyuson.

Sinopsis: AQSh hududiga manzilsiz bitta raketa uchirilgach, hukumat vaqt bilan poygaga kirishadi — kim bunga mas’ul va qanday javob berish kerakligini aniqlash uchun.


“Баллада о маленьком игроке”

Ballad of a Small Player
Janr: triller, drama, jinoyat, detektiv.
Premyera sanasi: 29-oktyabr Netflix.

Yana Netflix va yana adabiyot asosidagi ekranizatsiya. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” filmi rejissori Edvard Berger bu safar Lourens Osborn romanini ekranlashtirib, kazino muhitini neon chiroqlar bilan yoritilgan haqiqiy do‘zaxga aylantirgan. Filmda Kolin Farrell bosh rolni ijro etadi. Berger asarni triller emas, balki “pop-opera” deb ataydi — unda yangidan boshlash istagi nafaqat hayotni o‘zgartiradi, balki insonni o‘z soyasi bilan to‘qnashishga majbur qiladi. Qiziqmaslikning iloji yo‘q.

Sinopsis: “lord” Doyl — qimorboz va firibgar bo‘lib, u qarzlardan qochib, Osiyoning o‘yinlar poytaxti Makauga kelib joylashadi. U yerda u sirli xitoylik ayol bilan tanishadi, u unga omad keltirayotgandek tuyuladi. Ammo Doyl tez orada bilib oladi: bu ayol uni qorong‘u o‘tmishidan qutqaradimi yoki butunlay halokatga olib keladimi, buni faqat o‘yin davomida bilish mumkin.


Seriallar

Монстр: История Эда Гейна

Monster
Janr: biografiya, triller, drama, jinoyat.
Premyera sanasi: 3-oktyabr Netflix.

Jinoyat tarixini sevuvchilar, quvonishiga sabab bor! Rayan Merfi va Ien Brennan yaratgan antologik serial “Monstrlar"ning uchinchi mavsumida yangi hikoya paydo bo‘ldi: bu safar u AQSh tarixidagi eng mashhur qotillardan biri Ed Geyn haqida bo‘ladi. XX asrning ikkinchi yarmida ommaviy madaniyatga chuqur singib ketgan bu shaxs obrazi endi yangi talqinda qayta jonlanadi.

Amerikalik qotil, nekrofil va jasad o‘g‘risi rolini aktyor Charli Hannem ijro etgan. Tomoshabinlarga yolg‘izlik va diniy bosim qanday qilib oddiy insonni haqiqiy dahshatlar afsonasiga aylantirishi ko‘rsatiladi, deb va’da berilmoqda.


“Последний рубеж”

The Last Frontier
Janr: jangari, triller, drama.
Premyera sanasi: 10-oktyabr Apple TV+.

Apple TV+ tomoshabinlarni va Jeyson Klarkni dunyoning muzlagan chekkasiga olib chiqadi — bu yerda esa hech qanday koʻrpa yordam bermaydi. Yaratuvchilar Jon Bokenkamp va Richard D’Ovidio “Воздушной тюрьмы” va “Беглеца” darajasidagi keskinlikni va’da qilmoqda, chunki ular 90-yillardagi jangovar filmlar ruhini qaytarishni maqsad qilishgan. Klarkning hamrohlari — Dominik Kuper, Heyli Bennet va Simona Kessel.

Sinopsis: aviakatastrofa natijasida boshqa joyga ko‘chirilayotgan mahbuslar ozodlikka chiqib ketadi. Endi bu voqeani tergov qilish AQSh marshalli Frenk Remnik zimmasida. U kam aholili Alyaska hududida xizmat qiladi, aynan shu yerda samolyot halokatga uchragan.


“Splinter Cell: Караул смерти”

Splinter Cell: Deathwatch
Janr: multfilm, fantastika, jabgari, triller, sarguzasht.
Premyera sanasi: 14-oktyabr Netflix.

Ubisoft’dan Sam Fisher haqidagi yangilikni hanuz kutayotgan paytimizda, Netflix afsonaviy “Uchinchi eshelon” agenti haqida butun bir animatsion serialni taqdim etmoqda. Agar bu yangi o‘yin uchun tizer bo‘lsa, bunga qarshi emasmiz. Loyihaning boshida “Jon Uik” muallifi Derek Kolstad, demak, zerikarli jang sahnalari haqida xavotirlanmasa ham bo‘ladi. Sam Fisherga esa Liv Shrayber ovoz bergan.

Sinopsis: “Uchinchi eshelon” maxfiy tashkilotining faxriysi Sam Fisher yangi, nihoyatda xavfli topshiriqni bajaradi — bu safar esa bu missiya uning uchun shaxsiy tus oladi.


“Мистер Скорсезе” (miniserial)

Mr. Scorsese
Janr: hujjatli film.
Premyera sanasi: 17-oktyabr Apple TV+.

Apple TV+ tomoshabinlarga kino va madaniyat uyg‘unligidan iborat yangicha dam olish imkonini taqdim etadi. “Janob Skorseze” bu hujjatli portret bo‘lib, unda afsona endi kamera ortida emas, balki uning qarshisida o‘tiradi. Rejissor Rebeka Miller Skorsezening shaxsiy arxivlariga, u bilan bo‘lgan suhbatlarga hamda uning eng yaqin hamkorlari — Robert De Niro, Leonardo Di Kaprio, Stiven Spilberg va Margot Robbi bilan intervyularga to‘liq kirish huquqiga ega bo‘lgan. Bu oddiy biografiya emas, bu absolute cinema.


“Оно: Добро пожаловать в Дерри”

IT: Welcome to Derry
Janr: qoʻrqinchli.
Premyera sanasi: 26-oktyabr HBO Max.

HBO Max oktyabr oxirida tomoshabinlarni yana bir bor mash’um shahar afsonaviy kloun Pennivayz yashirinib, avlodlar qo‘rquvini oshiruvchi joyga taklif qiladi. “Derri shahriga xush kelibsiz” — bu nafaqat original filmlarning prequeli, balki Stiven King olamini to‘liq ochib beruvchi yangi asar hisoblanadi.

Rejissorlar va prodyuserlar — original filmlar mualliflari Endi va Barbara Muskyetti. Kloun Pennivayz roliga esa yana Bill Skarsgard ijro etadi. Shuningdek, tomoshabinlar “Qora nuqta, klubdgi yongʻin"dagi yong‘in voqeasini ko‘rishlari tasdiqlandi — bu Derri shahrining tarixidagi markaziy fojialardan biri. Serial uch fasldan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan: keyingi fasllarda 1935 va 1908-yillardagi voqealar yoritiladi. Shou mualliflarining asosiy g‘oyasi — King romanidagidek, Derrining to‘liq tarixini so‘zlab berish.

Sinopsis: voqealar 1962-yilda kechadi va yovuz Pennivayzning kelib chiqishi hamda Derriliklarning qonini muzlatadigan sirli fojialarni ochib beradi.


Teleserialning davomi:

“Дипломатка” , 3-mavsum, 16-oktyabr Netflix;

“Кибердеревня” , 2-mavsum, 18-oktyabr Kinopoisk;

“Никто этого не хочет”, 2-fasl, 23oktyabr Netflix;

“Мэр Кингстауна”, 4-mavsum, 26-oktabr, Paramount+;

“Звездные войны: Видения”, 3-fasl, 29-oktabr Disney+;

“Ведьмак” , 4-mavsum, 30-oktyabr Netflix.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling