MAPPA Studios bu safar ham oʻzini oqladi: "Chainsaw Man – The Movie: Reze Arc" sharhi

E’lon qilingan sana· 37
MAPPA Studios bu safar ham oʻzini oqladi: "Chainsaw Man – The Movie: Reze Arc" sharhi

Agar ilgari franshiza omonda qolish metaforasi bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa, endi bu — birinchi bor chinakam tirikligingni his etish naqadar qo‘rqinchli ekani haqidagi hikoya. Yuqorida aytib o‘tilgan “ammo”larga qaramay, bu film so‘nggi yillardagi eng yorqin serial kengaytmalaridan biri bo‘lib qoladi.

Choʻzib oʻtirmasdan: “Chainsaw Man: Reze Story” — ajoyib loyiha deb aytish mumkin. Uni bir vaqtning o‘zida ham sevish va nafratlanish mumkin bo‘lgan MAPPA studiyasi bu safar ham tomoshabop, samimiy va og‘riqli darajada go‘zal asar yaratdi. Birinchi mavsumning muhim epizodlarini suratga olgan Tatsuya Yoshihara bu safar film ko‘lamiga emas, balki his-tuyg‘uga e’tibor qaratgan ehtimol, bu eng to‘g‘ri va oqilona qaror bo‘lgan.

Markazda yana o‘sha Denji qo‘llari va oyoqlari o‘rnida zanjirli arralar bo‘lgan adashgan o‘smir. Oʻzining dahshatliligiga qaramay, jangni emas, balki insoniy iliqlikni izlaydi. Uning hayoti hanuzgacha sirli va manipulyativ rahbari Makima (woof-woof)) atrofida aylanadi. Biroq u iliq tabassumli va yumshoq nigohli barista Rezeni uchratgach hammasi o‘zgaradi.

Asosiy hayrat shundaki, filmning birinchi yarmi deyarli iblislarlar haqida emas edi. Qahramonlar o‘rtasidagi munosabat odatdagi sevgi tarixi emas, balki hayotlarida birinchi marta o‘zlarini tushunilgan his qilgan ikki insonning sokin qutqarilishi sifatida boshlanadi. Bu qahvaxonadagi uchrashuvlar, uyatchan nigohlar, qashshoqlik va qon ichida ulg‘aygan o‘smirning birinchi bor kimgadir bag‘ishlab yashash nima ekanligini anglab yetishi haqidagi hikoya. Yosixara ularning muhabbat lahzalari tafsilotlarini ajoyib tarzda tasvirlagan.

Biroq “Arra odam” dunyosidagi romantika abadiy davom etishi mumkin emas. Muloyim o‘smirlik sevgi qissasi sifatida boshlangan voqealar asta-sekin zo‘ravonlik va xiyonat parchalari bilan to‘la fojiaga aylanadi. Rezening asl mohiyati fosh bo‘lganda, film ohangi keskin o‘zgarib, tinch melodramadan ko‘z uzib bo‘lmaydigan shiddatli harakatga aylanadi.

MAPPA bu safar imkonsiz ishlarni qilmagan boʻlsada, biroq mahalliy jang sahnalari bu xaos xoreografiyasi, franshizaga xos shafqatsizlik bilan to‘yingan, ba’zida esamavhum san’at asarini eslatadi. Yoshihara oʻlchamlar bilan mohirona o‘ynaydi — sekinlashtirilgan kadrlar, keskin ranglar, 2D va 3D orasidagi silliq o‘tishlar buni yaqqol ko‘rsatadi. Kensuke Usioning musiqasi esa vizual ritmga shunday uyg‘unlashadiki, go‘yo zalni parchalab yuborishga tayyor bo‘ron yaqinlashayotgandek tuyuladi.

Qayerda nuqsonsiz narsa bor deysiz? Ikkinchi darajali qahramonlar yoki butunlay hikoyadan chiqarib tashlangan, yoki ularga etarlicha e’tibor berilmagan. Bu, afsuski, Rezega ham tegishli — bu esa biroz chalg‘itadi va hafsalani pir qiladi. Ammo bularning barchasi filmning asl mohiyatiga nisbatan mayda kamchiliklar xolos: u “Chainsaw Man"ga yana hissiy chuqurlikni qaytaradi, u ilgari qon qatlamlari ostida yashiringan edi. Denji esa nihoyat yuragi borligini anglaganida, qahramonga aylanmaydi — u shunchaki qabul qilinishni istaydi. Va hamma narsa vayron bo‘lganda, film uni g‘alaba bilan emas, bo‘shliq bilan qoldiradi. Shu sokinlik esa har qanday arra shovqinidan ham balandroq yangraydi.

“Reze Arc” — bu najot bermaydigan, ammo tirik his qilish imkon beruvchi sevgi haqidagi film. Agar ilgari franshiza omonda qolish metaforasi bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa, endi bu — birinchi bor chinakam tirikligingni his etish naqadar qo‘rqinchli ekani haqidagi hikoya. Yuqorida aytib o‘tilgan “ammo"larga qaramay, bu film so‘nggi yillardagi eng yorqin serial kengaytmalaridan biri bo‘lib qoladi. Uning achchiq-shirin hikoyasi esa tomoshabinni befarq qoldirmasligi aniq.

Eslab qoling: hatto bitta film ham hayotingizni o‘zgartirishi mumkin.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling