"Choʻqintirgan ota" filmi rejissyori yetishmovchilik sabab shaxsiy buyumlarini sotuvga qoʻydi

E’lon qilingan sana· 222
"Choʻqintirgan ota" filmi rejissyori yetishmovchilik sabab shaxsiy buyumlarini sotuvga qoʻydi

“Choʻqintirgan ota” va “Bugun Apokalipsis” filmlari rejissyori Frensis Ford Koppola moliyaviy qiyinchiliklar sabab shaxsiy buyumlarini sotuvga qoʻydi. Bu haqda New York Times xabar berdi.

Qayd etilishicha, 6-dekabr kuni Koppola “Phillips” auksionida yettita qo‘l soatidan iborat kolleksiyani namoyish etadi. Undagi asosiy lot 2014-yilda rejissyor “F.P. Journe” kompaniyasi bilan birga ishlab chiqqan soati boʻladi. Shuningdek, rejissyor boshqa soatlarini ham sotishni rejalashtirgan.

“Yashab qolish uchun biroz pul topishim kerak”, — deya izoh bergan Koppola. Rejissyor ko‘pincha filmlarni o‘z mablag‘i hisobiga suratga oladi. U 1992-yildayoq kreditorlardan 98 million dollar qarz bo‘lib qolganini aytgan edi.

Koppolaning so‘nggi filmi “Megalopolis” 2024-yilda premyera qilingan. Uni ishlab chiqarish uchun 100 million dollardan ortiq mablag‘ sarflangan, uning katta qismini rejissyor o‘zi to‘lagan. Kinokartina kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi, daromad 14,4 million dollarni tashkil etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling