"Dili.me" rol oʻynagan ”Soʻqoqdagi sarguzasht” filmining premyerasi boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 221

Milliy kino san’ati saroyida 31-oktyabr kuni “Fan Entertainment Cinema” tomonidan suratga olingan “Soʻqoqdagi sarguzasht” nomli badiiy filmning premyerasi boʻlib oʻtadi.
Film syujetiga koʻra, Abdurahmon bobo uzoq vaqtdan Makka shahriga borish, haj qilish qilish orzusida edi. U bir necha yillardan beri bu orzusi uchun pul tejab kelayotgandi. Voyaga yetgan bolalari esa doimo otasidan pul soʻraydi. Avval mashina olish, keyin esa beshik-toʻy va hokazolar uchun.
Qayd etilishicha, kinokartina real voqealarga asoslangan. Unda rollarni Matyoqub Matchanov, Tohir Saidov, Xuvaydo Jumayeva, Munojat Alimboyeva, Sobir Otajonov, Mamasoli Yusupov kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan. Shuningdek, bloger Dilshod Nazarovni ham filmda koʻrish mumkin.