Tarantino boshqa bir rejissyorning filmida rol oʻynaydi

Rejissyor Kventin Tarantino aktyorlik faoliyati davomidagi eng yirik rolni ijro etishi mumkin, u boshqa bir rejissyorning indi-dramasida rol ijro etadi, deya xabar bermoqda Deadline.
Tarantino o‘zining aksariyat filmlarida, jumladan, 2019-yilda “Bir vaqtlar Gollivudda” filmida koʻrinish bergan. 2022-yilda “In the Platoon: Battle for Uber” serialida u hikoyachi rolini o‘ynagan. Deadline manbasining yozishicha, “Only What We Carry” filmida ishtirok etish “uning agenti orqali taklif qilingan, chunki u bu rolga juda mos tushadi”.
Syujet Juliana Jons (Saymon Pegg) atrofida rivojlanadi, uning sobiq shogirdi Sharlotta Levant (Sofiya Butella) Normandiya qirg‘oqlariga qaytib keladi va u yerda o‘tmish sharpalari bilan to‘qnash keladi. Julianning eski do‘sti — Jon Persining (Kventin Tarantino) kutilmagan tashrifi uzoq vaqtdan beri ko‘milgan sirlarni ochadi.
Rejissyor Jeymi Adams, tomoshabinlarga Xeyli Bennett va Sem Rayli bilan “Muhabbatning o‘zi” melodramasi orqali tanilgan. Pegg, Butella va Tarantinodan tashqari, filmda Sharlotta Gensbur (“Nimfomank”), Liam Hellman (“Ibitsa”) va qo‘shiqchi Lizzi Makaplaynlar ham koʻrinish beradi.