Nike “Stranger Things” seriali asosida krossovkalar chiqaradi

Mashhur Nike brendi Netflix’ning “Juda g‘alati ishlar” (Stranger Things) seriali bilan hamkorlikda yangi krossovkalar kolleksiyasini taqdim etdi, deya xabar bermoqda Hypebeast. Ushbu hamkorlik loyihasi serialning beshinchi, yakuniy mavsumi chiqishiga bag‘ishlangan.

Stranger Things x Nike Dunk Low Phantom/Midnight Navy nomli model oq va to‘q ko‘k ranglarda ishlab chiqilgan. Krossovkalarga 1980-yillar ruhini berish uchun ular sun’iy tarzda “eskirtirilgan” va tag qismi sarg‘aygan, charm usti esa mayda yoriqlar yaratilgan.
Krossovkadagi Nike logotiplari teskari joylashtirilgan. Bu detal serialdagi muhim joylardan biri bo‘lgan “Upside Down” olamiga ishora qiladi.


Shuningdek, Black/Speed Red-Varsity Red-Anthracite ranglaridagi ikkinchi model ham taqdim etiladi. Har ikkala model ham serialning yakuniy mavsumining dastlabki to‘rtta qismi chiqishidan 20 kun oldin, 6-noyabrda chiqishi rejalashtirilgan.