O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbek Milliy akademik drama teatri matbuot xizmati xabar berdi.
U 1938-yilning 3-yanvar kuni Namanganda tavallud topgan. Sobiq aktyor O‘zbek milliy akademik drama teatri ustoz san’atkori, teatr, kino va dublyaj aktyori hisoblanardi.
Yoqub Ahmedov ijodi davomida Hakimboyvachcha (“Boy ila xizmatchi”), Sakson Nurtoyevich (“Hazrati ayol”), Toʻlagan (“Puch”), Kayhusrav (“Toʻmaris”), Alisher Navoiy (“Alisher Navoiy”), Ikromjon (“Ufq”) va boshqa rollarni o‘ynagan. Shuningdek, “O‘tkan kunlar” filmida Otabekning otasi Yusufbek xoji rolini ham ijro etgan.
Bundan tashqari, Yoqub Ahmedov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi ham boʻlgan.
"Oʻtkan kunlar", "Shum bola", "Baron": Yoqub Ahmedov ijrosidagi e'tiborga molik rollar
Kino va teatr aktyori Yoqub Ahmedov oʻzining turfa xil rollari bilan koʻplab muxlislar mehrini qozongan. Oʻzbekiston Xalq artisti 1938-yilning 3-yanvar sanasida Namangan viloyatida tugʻilgan. Aktyor bugun 87 yoshni qarshiladi. Afisha.uz ushbu maqolada Yoqub Ahmedovning e’tiborga molik rollari haqida ma’lumot beradi.