2026-yilning eng koʻp kutilayotgan premyeralari

E’lon qilingan sana· 238
2026-yilning eng koʻp kutilayotgan premyeralari

Kino ixlosmandlari uchun 2026-yil intiqib kutishga arzigulik yil boʻlishi aniq. Yirik studiyalar va mashhur rejissorlar tomoshabinlarni franshizalarning yangi dunyosiga olib kirishga, bolalik xotiralarini jonlantirishga va yangi qahramonlar bilan tanishtirishga tayyorlanmoqda. Bu yil ekranlarda superqahramonlardan tortib tarixiy dostonlargacha bo‘lgan eng turfa janrlar birlashadi. Shubhasiz, 2026-yilda har bir tomoshabin hech bo‘lmaganda bir marta kinoteatrga tushishga majbur qiladigan filmni topadi. Kinoga umuman qiziqmayman deydigan bundan mustasno emas.

Shu sababli, Afisha.uz 2026-yilda ekranlarga chiqishi kutilayotgan premyeralar ro‘yxatini taqdim etadi.


Avengers: Doomsday

Marvel Studios “Qasoskorlar: Qiyomat kuni"(Avengers: Doomsday) filmi bilan Marvel olamidagi eng yirik voqealardan biriga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Infinity War” va “Endgame"dan keyingi bu yangi bosqichda dunyo yangi xavf hisoblangan Doctor Doom bilan to‘qnashadi. Qasoskorlar jamoasi yangilangan tarkibda Kapitan Amerika, Tor, Shuri, Chumoli odam, Loki va Dedpul kabi qahramonlar bilan qaytadi. Filmda shuningdek Fantastik Toʻrtlik va X Odamlar a’zolari ham ishtirok etadi. Eng katta syurpriz esa Robert Davniy Juniorning Marvel kinoolamiga qaytishi. Ammo bu safar u Toni Stark emas, balki Doktor Dum rolida paydo boʻladi. Rejissyorlar Antoni va Jo Russo filmni yanada epik ko‘lamda yaratishmoqchi. Filmda nafaqat Yer, balki butun multikoinot taqdiri hal bo‘ladi. “Avengers: Doomsday” Marvel olamidagi yangi davrning boshlanishi bo‘lishi kutilmoqda.

Film 2026-yil 18-dekabrda premyera qilinishi rejalashtirilgan.


The Odyssey

Kristofer Nolen tomonidan suratga olinayotgan “The Odyssey” yangi ilmiy-fantastik filmi bo‘lib, u Gomerning mashhur eposi asosida yaratilmoqda. Loyiha Warner Bros. bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, ssenariy esa Jonatan Nolan bilan birgalikda yozilgan. Filmda bosh rollarni Met Deymon, Tom Holland, Robert Pettinson, Zendaya va Enn Hetuey ijro etishi kutilmoqda. Film musiqasi Hans Zimmer tomonidan yaratilishi ma’lum qilingan. Nolan o‘ziga xos tarzda vaqt, xotira va insoniyatning tirik qolish instinkti kabi falsafiy mavzularni chuqur yoritadi. Filmning koʻplab norasmiy treylerlari chiqgan, ammo haligacha haqiqiy rasmiy treyler e’lon qilinmagan.

Film premyerasi 2026-yil 17-iyulda qilinishi rejalashtirilgan.


The Mandalorian and Grogu

“The Mandalorian & Grogu” filmi Lucasfilm va Disney studiyalari tomonidan suratga olinayotgan to‘liq metrajli “Star Wars” filmi. Ushbu kartina mashhur serial “The Mandalorian"ning davomi bo‘lib, unda asosiy qahramon Din Djarin (Pedro Pascal) va uning sodiq hamrohi Grogu (yoki Baby Yoda) galaktikadagi yangi sarguzashtlarga yo‘l oladi. Film rejissyori Jon Favro, u ilgari serialning bir necha qismlarini ham rejissyor sifatida ishtirok etgan. Unga Dayv Filoni ham ijodiy hamkor sifatida yordam bermoqda. “The Mandalorian & Grogu” Disney koinotidagi katta ekranga qaytish uchun muhim qadam bo‘lib, “Star Wars” tarixidagi yangi bosqichni boshlab beradi. Film epik janglar, ustoz-shogird munosabatlari va klassik kosmik sarguzashtlar uyg‘unligini o‘zida mujassam etishi kutilmoqda.

Katta ekranlarda 2026-yil 22-mayda premyerasi rejalashtirilgan.


Mortal Kombat II

Warner Bros. studiasi 2021-yilda chiqqan “Mortal Kombat” filmining bevosita davomi “Mortal Kombat II” mashhur jangovar o‘yin asosidagi navbatdagi qismi hisoblanadi. Filmga yana Simon McQuoid rejissyorlik qiladi, ssenariy muallifi esa Jeremi Slater. Yangi qismda voqealar Outworld va Earthrealm o‘rtasidagi hal qiluvchi to‘qnashuv atrofida kechadi. Liu Kang endi jangchilarning rahbari sifatida tanlanadi va u Reyden bilan birga yangi “turnir"ni boshlash uchun tayyorgarlik ko‘radi. Eng katta yangiliklardan biri Karl Urbanning Johni Keyj rolida paydo bo‘lishidir. Shuningdek, Sub-Zero, Scorpion, Kitana, Mileena, va Shao Kahn kabi o‘yin ixlosmandlariga tanish personajlar ham ekranda namoyon bo‘ladi.

Filmning premyerasi 2026-yil 24-oktabrda rasm taqdim etilishi kutilmoqda


Spider-Man: Brand New Day

Marvelning eng kutilayotgan loyihalaridan yana biri boʻlib kelayotgan “Spider-Man: Brand New Day” filmi Piter Parker haqida hamma unutganidan keyingi vokelarni hikoya qiladi. Oʻrgimchak odam rolini Tom Holland ijro etadi. Filmga Destin Deniel Kretton rejissyorlik qiladi, ssenariyni esa Kris Makkenna va Erik Sommers yozgan. Bu loyiha Marvel Studios va Sony Pictures hamkorligida suratga olinmoqda.

Syujet tafsilotlari sir tutilayotgan bo‘lsa-da, suratga olish jaroyonlaridan qisqa havolalar taqdim etilgan. Bosh rollarda yana Tom Holland, Zendaya va Jeykob Batalon qaytishadi. Shuningdek, yangi obrazlar orasida Sedi Sink va Jon Berntal paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Film 2026-yil 31-iyulda ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.


“The Hunger Games: Sunrise on the Reaping”

Kino va adabiyot olamidagi eng epik asarlardan biri Suzan Kollinsning “Hunger games” trilogiyasi asosidan navbatdagi ekranlashtirilgan talqini “The Hunger Games: Sunrise on the Reaping” Lionsgate studiyasi tomonidna ishlab chiqilmoqda. Rejissyorlikni yana Fransis Lavrens bajaradi, u “Catching Fire”, “Mockingjay” va “The Ballad of Songbirds and Snakes” filmlarini ham suratga olgan. Yangi film “The Hunger Games” olamining boshlanishiga, ya’ni ikkinchi Reaping (o‘lim o‘yinlariga qatnashuvchilar tanlanadigan marosim) davriga nazar tashlaydi.

Syujet Katnis Everdin tug‘ilishidan 24 yil avval sodir bo‘ladi. Film 50-Hunger Games haqida hikoya qiladi. Bu o‘yinlarda Heymish Abernesi (keyinchalik Katnissning murabbiyi) g‘alaba qozonadi. “Sunrise on the Reaping” ana shu mashhur o‘yinlarni va Panem jamiyatining zulmga asoslangan tuzilmasining qanday shakllanganini ochib beradi.

Ushbu film premyerasi 2026-yil 20-noyabr kunida taqdim etilihi rejalashtitlgan


Narnia: The Magician’s Nephew

Klayv Steypliz Levisning mashhur fantastik asari asosidagi “Narnia: The Magician’s Nephew” yangi film talqini 2025-yil aprel-may oylarida suratga olish ishlari boshlangan. Yangi ekran talqini ilgari 2000-yillarda Disney va 20th Century Fox tomonidan yaratilgan versiyalardan farqli o‘laroq, butun Narniya olamini qayta ishga tushiruvchi “reboot” loyiha sifatida qaralmoqda.

Filmga “Barbie” va “Kichkina Xonimlar” filmlari bilan tanilgan Greta Gervig rejjisyorlik qiladi. Yangi “Narnia” filmlarida vizual effektlar, musiqa va hikoya tili zamonaviylashtiriladi, biroq asarning falsafiy mavzulari yaxshilik va yovuzlik, ishonch, qurbonlik va qayta tug‘ilish mavzulari saqlab qolinadi. Aslan obrazi zamonaviy texnologiyalar yordamida jonlantiriladi va u Narnianing ruhiy markaziga aylanishi ko‘zda tutilgan. Filmda Deniel Kreyg, Emma Maki kabi aktyorlar bosh rollarni ijro etishadi. Hozircha filmning rasmiy posteri ham treyleri ham e’lon qilinmagan.

Film 2026-yil 26-noyabrda premyera qilinadi.


Dune: Messiah

“Dune: Messiah” Denis Villeneuve rejissorligidagi epik ilmiy-fantastik film bo‘lib, Frank Herbertning shu nomli romaniga asoslanadi. Bu film “Dune” trilogiyasining ikkinchi yoki yakuniy qismi sifatida qaralmoqda va “Dune: Part Two” (2024) voqealari tasvirlaydi.

Film voqealari ikkinchi qismdan 12 yil o‘tgach sodir bo‘ladi va Pol Atreydesning hukmronligi haqida hikoya qiladi. Rollarga Timoti Shalame, Zendeya, Florens Pyu, Anya Teylor-Joy va boshqalar qaytishi mumkin. “Dune: Messiah” — cho‘l sayyorasidagi afsona ortidagi insoniy haqiqatni ochib beruvchi, ilmiy-fantastika tarixidagi eng muhim yakunlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Katta ekranlarga 2026-yil 18-dekabrda premyera qilinadi.


The Devil Wears Prada 2

Moda olami haqidagi filmlarning oltin toji hisblanib kelinayotgan “Qattiq qoʻl xonim” filmining davomi suratga olish ishlari boshlangan edi. Filmni yana Disney studiyasi ishlab chiqmoqda, ssenariy muallifi esa birinchi film muallifi Alina Brosh Makkenna. Rejissyorlikni ham birinchi filmni suratga olgan Devid Frenkel oʻz boʻyniga olgan, shuningdek, aktyorlar tarkibiga asosiy yulduzlar Meril Strip va Enn Hetuey ishtirok etishadi.

Yangi film hikoyasi zamonaviy modaning o‘zgarayotgan dunyosida kechadi. Endi Miranda Priestli — “Runway” jurnalining so‘nayotgan umri bilan raqamli platformalar bilan raqobat qilayotgan kuchli, ammo qarib qolgan bosh muharrir. U o‘z imperiyasini saqlab qolish uchun yangi avlod raqamli ta’sirchilar va moda texnologiyasi bilan to‘qnashadi. Shu paytda uning sobiq yordamchisi hozirda yirik PR-agentlik rahbari bo‘lib, endi Miranda bilan biznes raqobatida duch keladi.

Film premyerasi 2026-yil 1-mayda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.


Supergirl: Woman of tomorrow

DC Studios tomonidan ishlab chiqilayotgan “Supergirl: Woman of Tomorrow” yangi superqahramon haqidagi film bo‘lib, Film DC kino olamining (DCU) yangi bosqichiga kiradi va rejissyor Kreyg Gillespay, ssenariy muallifi esa Ana Nogueira bo‘ladi. Bosh rolda esa yosh aktrisa Milli Alkok (ko‘pchilikka “House of the Dragon” serialidan tanish) “Supergirl” Kara Zorel obrazida namoyon bo‘ladi.

Syujetda Kripton sayyorasining yo‘q qilinishidan so‘ng tirik qolgan va Yerda ulg‘aygan qahramon qizning hayoti markazda bo‘ladi. Biroq bu safar hikoya an’anaviy Yer sarguzashtlaridan farqli ravishda kosmik makonda kechadi. “Supergirl: Woman of Tomorrow” ko‘proq psixologik va falsafiy ohangga ega kosmik sarguzasht sifatida ta’riflanmoqda. DC Studios rahbari Jeyms Gunnning so‘zlariga ko‘ra, film “Guardians of the Galaxy” va “Man of Steel” orasidagi uyg‘unlikni yaratadi, ya’ni bir tomondan rang-barang galaktik muhit, ikkinchi tomondan esa chuqur emotsional hikoya. Hozircha filmning treylerlari e’lon qilinmagan.

Film 2026-yil 26-iyunda premyera qilinishi rejalashtirilgan.


Michael

“Michael” filmi bu afsonaviy qo‘shiqchi Maykel Jekson hayotiga bag‘ishlangan biografik musiqiy drama hisoblanadi. Filmni Antuan Fukua rejissyorlik qiladi, ssenariyni esa Jon Logan (“Gladiator”, “The Aviator”) yozgan. Asosiy rolni esa pop musiqaning qiroli Maykel Jeksonning jiyani Jafar Jekson ijro etadi. Filmda Maykelning bolalik davridan boshlab “The Jackson 5” guruhi bilan ilk muvaffaqiyatlari, keyinchalik esa global yulduzga aylanish jarayoni ko‘rsatiladi.

Rejissor Fukua bu loyihani “musiqa, iste’dod va inson ruhining murakkab tabiatini ochadigan film” deb ta’riflagan. “Michael” filmi Lionsgate va Universal Pictures tomonidan Imaxda namoyish etiladi. Katta byudjetli loyiha sifatida bu film tomoshabinlarni nafaqat mashhur qo‘shiqlar balki Maykel Jeksonning insoniy qiyofasi bilan ham tanishtiradi.

Film 2026-yil 24-aprel kuni ekranlarga chiqadi.


The Bride

Klassik asar “Bride of Frankenstein"dan ilhomlanib yaratilayotgan “The Bride” filmi original asarning zamonaviy talqini hisoblanadi. Filmda bosh rollarni Jessi Baklie, Kristian Bayl va Annetta Bening ijro etadi. Shuningdek, Penelopa Kruz, Piter Sarsgard va Jeyk Jillenhol ham muhim ikkinchi darajali obrazlarda ishtirok etishadi. Rejissor va ssenariy muallifi Meggi Killenhol.

Film voqealari 1930-yillar Chikagosida kechadi. Oʻziga umr yoʻldosh yaratish oxir oqibat baxtsizliklar va noxush holatlarga sabab boʻladi. Dastlab 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan edi, ammo keyinchalik ko‘chirildi. Birinchi treyler tanqidchilar tomonidan “vizual jihatdan hayratlanarli va ruhiy jihatdan og‘ir” deb baholangan.

Film premyerasi 2026-yil 6-martda boʻlin oʻtadi.


The Super Mario Galaxy

Illumination va Nintendo studiyalari hamkorligida 2023-yilda chiqarilgan “The Super Mario Bros.Movie” animatsion filmining davomi boʻlgan “The Super Mario Galaxy” filmi ustida ishlashmoqda. Loyihada Aron Horvat va Maykel Jelenic rejissyorlik qilmoqda, ssenariy muallifi esa Metyu Fogel. Ovoz beruvchilar tarkibi yana oldingi kabi yulduzlardan iborat: Kris Pret — Mario, Anya Taylor-Joy — Qirolicha Peach, Charli Dey — Luigi, Jel Blek — Bowser va Kigen-Maykel Key — Toad rollarida qaytishadi. Syujet hozircha sir tutilmoqda.

Animatsion film 2026-yil 3-aprel kuni premyera qilinadi.


Moana

“Walt Disney Pictures tomonidan tayyorlanayotgan"Moana” filmi 2016-yilda chiqqan mashhur multfilmning jonli talqini. Film rejissyori Tomas Kail, ssenariy mualliflari Jared Bush va Dana Ledox Miller. Bosh rollarni Dveyn Jonson va Keterin Laga ijro etishadi. Hozircha filmning syujeti va treyleri haqida malumot mavjud emas.

Filmning premyerasi 2026-yil 10-iyulda bo‘lib o‘tadi.


Toy Story 5

Yoshidan qat’i nazar koʻpchilikning sevimli mulfilmiga aylangan “Oʻyinchoqlar tarixi” hozirgi davrning en yorqin va qiziqarli loyihalaridan bir hisoblanadi. Yangi multfilga Endryu Stenton bosh rejissorlik qiladi. Bu mashhur “Toy Story” seriyasining beshinchi qismi bo‘lib, 2019-yilda chiqqan “Toy Story 4"dan keyingi voqealarni davom ettiradi.

Filmda yana sevimli qahramonlar Woody, Buzz Lightyear, Jessie va boshqa o‘yinchoqlar qaytadi. Ularning ovozini avvalgidek Tom Henks, Tim Allen va Joan Susek beradi. Pixar bu film orqali “o‘yinchoqlar va texnologiya” o‘rtasidagi tafovutni, insoniyatning bolalik hissi qanday o‘zgarayotganini ramziy tarzda ko‘rsatmoqchi.

Multfilm 2026-yil 19-iyunda premyera qilinadi.


Minions 3

Illumination Entertainment va Universal Pictures tomonidan “Minions 3” komediya multfilmi ishlab chiqilmoqda. Filmni oldingi qismlar singari Pyer Koffin rejissyorlik qiladi, ssenariy muallifi esa Brayn Linch.

Bu film “Minionlar” va “Yaxshi boʻlish osonmi” olamining uchinchi davomi bo‘lib, kichik sariq qahramonlarning yangi sarguzashtlarini davom ettiradi. “Minions: The Rise of Gru” (2022) voqealaridan so‘ng ular endi butunlay yangi muammolarga duch kelishadi. Bu safar Minionslar tasodifan global miqyosdagi voqeaga aralashib qolishadi. Film yana o‘ziga xos kulgili lahzalar, yorqin animatsiya, musiqiy sahnalar va bolalar uchun quvnoq, kattalar uchun esa nostaljik ohang bilan to‘la bo‘ladi. Rejissyor Pyer Koffin yana barcha Minionslarga ovoz beradi.

Multfilmning 2026-yil 1-iyulda premyerasi kutilmoqda.


Barchaga yoqimli tomoshagacha sabr tilaymiz!

Farangiz Akbarova
Muallif
Farangiz Akbarova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
2026-yilning eng koʻp kutilayotgan premyeralari — Toshkent Afishasi