Rouen Atkinson ijrosidagi "Man vs. Baby" filmi treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 399
Rouen Atkinson ijrosidagi "Man vs. Baby" filmi treyleri e'lon qilindi

Netflix kompaniyasi tomonidan ishlangan Rouen Atkinson ijrosidagi “Man vs. Baby” (“Odam bolakayga qarshi”) filmi treyleri e’lon qilindi. U “Man vs. Bee"ning (“Odam asal ariga qarshi”) mantiqiy davomi hisoblanadi.

Film ssenariysini Atkisonning oʻzi va Uilliam Devies tomonidan yozilgan. Unda bosh rolni “Mister Bin"ning oʻzi ijro etadi va kino davomida ham oʻsha mashhur obrazga ishoralar bor.

Ssenariy “Man vs. Bee"ning yakunidan davom etadi. Trevor Bingli (Rouen Atkinson) asal ari tufayli qo‘riqchilikning stressli hayotini tark etib, maktab qorovuli sifatida tinchroq hayot kechirishga qaror qiladi. Ammo Rojdestvo bayrami arafasida Londondagi hashamatli penthausga qarab turish uchun mo‘may haq to‘lanadigan taklifni rad eta olmaydi.

Lekin o‘quv yilining so‘nggi kunida, maktab sahnasida bo‘ladigan spektakldagi chaqaloqni hech kim olib ketmagach, Trevor kutilmaganda yana bitta hamrohga ega boʻladi, bu safar juda kichik va o‘zgacha.

Endi u nafaqat penthausni asrash, balki chaqaloqni parvarish qilishga ham majbur. Savol shuki: Trevor orzu qilgan tinch va osoyishta Rojdestvoni o‘tkazoladimi yoki bayram yana bir bor sarguzashtga aylanadimi?

Film 11-dekabr kuni Netflix platformasida premyera qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling