HBO “V for Vendetta” asari asosida yangi serial ustida ishlamoqda

HBO mashhur “V for Vendetta” asarining serial talqini ustida ishlamoqda. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.
Xabar ko‘ra, loyihaning ssenariysi ustida yozuvchi Pit Jekson ishlamoqda. Serialning ijodiy jamoasida shuningdek “DC Studios” rahbarlari Jeyms Gunn va Piter Safran, shuningdek Ben Stivenson va Leann Klayn prodyuser sifatida ishtirok etishadi. Loyiha Warner Bros. Television tomonidan ishlab chiqiladi.
“V for Vendetta” dastlab 1982-yilda Alan Mur tomonidan yozilgan va Devid Loyd tomonidan chizilgan komiks sifatida paydo bo‘lgan. Asar 2005-yilda ekranlashtirilgan bo‘lib, unda Hyugo Vevingng (V obrazida) va Natali Portman (Evi Xemmond) bosh rollarni ijro etishgan. Film tanqidchilar tomonidan iliq kutib olingan va 130 million dollardan ortiq daromad keltirgan.
Agar loyiha tasdiqlansa, u HBOʻning DC olamidagi navbatdagi yirik loyihasiga aylanadi. Avvalroq bu hamkorlikda “The Penguin”, “Watchmen” kabi muvaffaqiyatli seriallarni namoyish etilgan.