"The Devil Wears Prada 2" filmining birinchi tizeri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 177
"The Devil Wears Prada 2" filmining birinchi tizeri e'lon qilindi

Meril Strip, Enn Xeteuey, Emili Blant va Stenli Tuchchi asosiy tarkibga qaytishadi.

20th Century Studios “The Devil Wears Prada 2” filmining rasmiy treylerini chiqardi.

Filmda Miranda Pristli moda sanoatidagi inqirozga duch keladi: bosma nashrlar o‘z ta’sirini yo‘qotayotgan hamda raqamli kontent va ijtimoiy tarmoqlar o‘yin qoidalari o‘zgartirmoqda. Endi esa kichik yordamchi emas, balki nufuzli brend direktori. Miranda va Emili oʻrtasidagi ziddiyat ommaviy axborot vositalari va modadagi global oʻzgarishlar fonida yuzaga keladi.

Rollarni Meril Strip, Enn Xeteuey, Emili Blant va Stenli Tuchchi ijro etmoqda. Yangi aktyorlar qatoriga Kennet Brana, Saymon Beyker, Simona Eshli, Polin Shalame, Reychel Blum va boshqalar mavjud. Shuningdek, birinchi filmning toʻliq jamoasi ham qaytmoda, Devid Frankel rejissyor.

Film 2026-yil 1-mayda chiqishi begilangan. Premyera Met Galaga to‘g‘ri kelishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling