Wakanda Forever: Hollywood Walk of Fame yoʻlagida Chedvik Bouzmen yulduzi qoʻyiladi

E’lon qilingan sana· 573
Wakanda Forever: Hollywood Walk of Fame yoʻlagida Chedvik Bouzmen yulduzi qoʻyiladi

Amerikalik aktyor Chedvik Bouzmen vafotidan besh yil o‘tib “Hollywood Walk of Fame"da aktyor sharafiga yulduz qoʻyiladi. Marosim 20-noyabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

“Qora Pantera” yulduzi 2020-yilda, 43 yoshida yo‘g‘on ichak saratoni tufayli vafot etgan. Uning o‘limi jamoatchilik uchun katta kutilmagan voqea bo‘lgan, chunki Bouzmen kasalligi haqida hech qachon ochiq gapirmagan.

Marosimda marhumning rafiqasi Simona Ledvard-Bouzmen mukofotni qabul qilib oladi. Shuningdek, “Qora Pantera” rejissyori Ryan Kugler va aktyor Viola Devis ham nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Boseman eng avvalo Marvel koinotidagi Vakanda qiroli T’Challa obrazi bilan tanilgan. U ilk bor bu rolda 2016-yilda “Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi” filmida ko‘rinish bergan, 2018-yilgi “Qora Pantera” esa uni global miqyosda mashhur qilgan. Shuningdek, u yettita “Oskar” nominatsiyasiga ham ega bo‘lgan.

“Hollywood Walk of Fame” tomonidan ta’kidlanishicha, Bouzmanning “kuchli obrazlari va ekrandan tashqari ta’siri bugun ham millionlab insonlarni ilhomlantirmoqda”.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling