Yevropa kino akademiyasi mukofoti uchun nomzodlar e’lon qilindi

E’lon qilingan sana: · 202
Yevropa kino akademiyasi mukofoti uchun nomzodlar e’lon qilindi

Nominatsiyalar soni bo‘yicha rejissyor Yoaxim Trier tomonidan suratga olingan “Sentimental qadriyat” filmi yetakchilik qildi.

2026-yil 17-yanvar kuni Berlinda bo‘lib o‘tadigan Yevropa kino akademiyasi mukofoti uchun nomzodlar roʻyxati e’lon qilindi. Nominatsiyalar bo‘yicha Yoaxim Trierning “Sentimental qadriyat” asari yetakchilik qilmoqda. Quyida asosiy toifalar bo‘yicha nomzodlar keltirilgan:

Eng yaxshi film:

  • “Afternoons of Solitude”, rejissyor Albert Serra;
  • “Arco”, rejissyor Hugo Bienvenu;
  • “Dog of God”, rejissyor Raitis Eyzele, Lauris Eyzele;
  • “Fiume o morte!”, rejissyor Igor Bezinovich;
  • “It Was Just an Accident”, rejissyor Jafar Panahiy;
  • “Little Amelie”, rejissyor Meylis Vallad, Lian-Cho Xan;
  • “Olivia and the invisible earthquake”, rejissyor Irene Iborra Rizo;
  • “Riefenstahl” , rejissyor Andres Fayel;
  • “Sentimental value”, rejissyor Yoaxim Trier;
  • “Sirat”, rejissyor Oliver Lashe;
  • “Song of Slow Burning Earth”, rejissyor Olga Jurba;
  • “Sound of Falling”, rejissyor Masha Shilinskiy;
  • “Tales from the Magic Garden”, rejssyorlar Patrik Pash, Leon Vidmar va Jan-Klod Rosets;
  • “Voice of Hind Rajab”, rejissyor Kauter Ben Xaniya;
  • “With Hasan in Gaza” rejissyor Kamol Aljafariy.


“Sentimental Value”

Eng yaxshi rejissyor:

  • Yorgos Lanthimos, “Bugonia”;
  • Oliver Lashe, “Sirat”;
  • Jafar Panahiy, “It Was Just an Accident”;
  • Masha Shilinskiy, “Sound of Falling”;
  • Yoaxim Trier, “Sentimental Value”.

Eng yaxshi aktrisa:

  • Leoni Benesh, “Late Shift”;
  • Valeriya Bruni Tedeschi, “Duse”;
  • Lea Druker, “Case 137”;
  • Viki Krips, “Love Me Tender”
  • Renate Reinsve, “Sentimental Value”.


Bugonia

Eng yaxshi aktyor:

  • Sergi Lopes, “Sirat”;
  • Mads Mikkelsen, “The Last Viking”;
  • Toni Servillo, “La Grazia”
  • Stellan Skarsgard, “Sentimental Value”;
  • Idan Vayss, “Franz”.

Mukofotga nomzodlarning toʻliq roʻyxati bilan Akademiyaning veb-saytida tanishish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling