"Kalmar oʻyini"ning amerikacha versiyasi suratga olinadi

Kultga aylangan “Kalmar oʻyini” serialining amerikacha spinoffi rasman bitirildi. Uning suratga olish ishlari 2026-yilda boshlanadi, deya xabar bermoqda Radiotimes.
Kino va televideniye sanoati alyansi ma’lumotlariga ko‘ra, “Kalmar o‘yini: Amerika” ishchi nomi ostidagi loyihaning suratga olish ishlari 2026-yil fevral oyida Los-Anjelesda boshlanadi.
Netflix hozircha buni rasman tasdiqlamadi, ammo ishlab chiqarish ma’lumotlar bazasida allaqachon mualliflarning yulduzli tarkibi ko‘rsatilgan. Loyihada rejissor sifatida Devid Fincher ishlaydi, original serial muallifi Hvan Don Hek prodyusser boʻladi. Ssenariyni “Matilda” myuzikli muallifi Dennis Kelli yozadi. Aktyorlar tarkibiga original serialning uchinchi mavsumi finalida paydo bo‘lgan Keyt Blanshett kirdi.

Avvalroq Hvan Don Hek Blanshett kameosining ehtimoliy spinoff bilan bog‘liqligini rad etib, uning paydo bo‘lishini “ajoyib final” yaratish istagi bilan izohlagandi. Biroq endi aktrisaning spinoffdagi ishtiroki yangi ma’no kasb etadi. Amerika versiyasida koreys qahramonlar, masalan, Li Ben Honning Frontmen obrazi paydo bo‘ladimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.