Kventin Tarantino "Billni o‘ldirish" filmining birinchi qismiga kiritilmagan epizodni Fortnite o‘yini uchun suratga oldi

Epizod dastlab filmning birinchi qismiga mo‘ljallangan lekin yakuniy montajga kiritilmay qolgan.
Kventin Tarantino va “Fortnite” kutilmagan hamkorlikni boshlab yubordi: 30-noyabrda “Fortnite'ning yo‘qotilgan bobi: Yukining qasosi” nomli qisqa metrajli film debyut qiladi. Bu film dastlab Tarantino filmining birinchi qismi uchun mo‘ljallangan edi, ammo yakuniy montajga kiritilmay qolgan.
Syujetga ko‘ra, Gogo Yubarining singlisi Yuki Yubari singlisining o‘limi uchun Beatriks Kiddodan (Uma Turman o‘ynagan) qasos olish maqsadida AQShga uchib ketadi. Rolik “Unreal Engine” dasturiy tizimida Fortnite personaj modellari yordamida montaj qilingan. Fortnite’dagi premyera 30-noyabr soat 00:00 da bo‘lib o‘tadi.
Raqamli debyut bilan bir vaqtda cheklangan kinoprokat ham rejalashtirilgan: 5-dekabrdan boshlab “Yukining qasosi” AQSH, Kanada va Buyuk Britaniyaning bir nechta kinoteatrlarida “Kill Bill: The Whole Bloody Affair” filmining yangilangan versiyasi tarkibida namoyish etiladi.