Jeyms Kemeron aktyorlar oʻrnini sun'iy intellekt egallashidan havotirda ekanini aytdi

E’lon qilingan sana· 154
Jeyms Kemeron aktyorlar oʻrnini sun'iy intellekt egallashidan havotirda ekanini aytdi

Jeyms Kemeron “CBS Sunday Morning” telekanaliga bergan intervyusida sun’iy intellekt aktyorlar o‘rnini egallashi mumkinligi haqida gapirdi.

Kemeron 2009-yildagi “Avatar” filmi premyerasini esaldi. Unda ilk bor harakatni ushlash texnologiyasi qoʻllanilgandi. Rejissyor buni generativ sun’iy intellektga qarshi qo‘yib, aktyorlik san’atining eng sof shakli deb atadi.

“Generativ sun’iy intellekt xarakter o‘ylab topishi, aktyor o‘ylab topishi mumkin. U matnli so‘rov bo‘yicha noldan o‘yin yaratishi mumkin. Men esa bunga „yo‘q“ deyman. Bu meni dahshatga soladi, biz mutlaqo bunday ish qilmaymiz”, — degan “Titanik” filmi rejissyori.

Shuningdek, Kemerondan u nima uchun sun’iy yaratilgan aktyorlarga bunchalik qarshi ekani haqida soʻralgan savolga quyidagicha javob berdi:

“Men aktyorlar bilan qiladigan ishni kompyuter bajarishini istamayman. Men aktyorlarni almashtirmoqchi emasman, ular bilan ishlashni yaxshi ko‘raman”, — degan Kemeron.

Bundan tashqari, rejissyorning fikricha, yangi texnologiyalar “vizual effektlarni arzonlashtirish"da foydali bo‘lishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling