"The Boys" seriali yakuniy mavsumining ilk treyleri e'lon qilindi

Prime Video tomonidan "The Boys" serialining yakuniy beshinchi mavsumi uchun ilk treyler e'lon qilindi.
Prime Video tomonidan “The Boys” serialining yakuniy beshinchi mavsumi uchun ilk treyler e’lon qilindi.
Beshinchi mavsumda serialning shu vaqtgacha rivojlanib kelgan mojarolar yakunlanadi. Billi Butcher va Xoumlender o‘rtasidagi qarama-qarshilik, shuningdek, superqahramonlar allaqachon qahramon bo‘lishni to‘xtatgan dunyoda hokimiyat, qo‘rquv va nazorat uchun kurash namoyish etiladi.
Aktyorlarning aksariyati — Karl Urban, Entoni Starr, Jek Kueyd, Erin Moriarti, Cheyz Krouford va boshqalar oʻz rollariga qaytadi. Shuningdek, bir qancha yangi aktyor va aktrisalar ham serialda rol oʻynagan.
Premyera 2026-yil 8-aprelga rejalashtirilgan. Shu kuni ikkita epizod chiqadi, qolganlari esa 20-maydagi finalgacha har hafta e’lon qilinadi.