"Oltin globus" mukofotiga nomzodlar e'lon qilindi

Kinematografiya sohasidagi nufuzli “Oltin globus” xalqaro mukofotiga nomzodlar roʻyxati e’lon qilindi. 83-taqdirlash marosimi 2026-yil 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
“Битва за битвой” filmi mukofot uchun to‘qqizta nominatsiyada nomzod boʻldi. Televizion loyihalar orasida esa “Белый лотос” seriali oltita nominatsiya bilan yetakchilik qilmoqda.
“Eng yaxshi dramatik film” nominatsiyasida Gilermo del Toroning “Франкенштейн”, Xloya Chjaoning “Хамнет”, Jafar Panaxining “Простая случайность”, Kleber Mendons Filuning “Секретный агент”, Rayan Kuglerning “Грешники”, Yoakim Triyerning ““Сентиментальная ценность” asarlari nomzodlar qatoridan joy oldi.
Pol Tomas Andersonning “Битва за битвой”, Richard Linkleyterning “Голубая луна”, Yorgos Lantimosning “Новая волна”, Josh Safdiyning “Марти Великолепный” va Pak Chxan Ukning “Метод исключения” filmlari eng yaxshi komedik film nominatsiyasiga da’vogarlik qildi.
Eng yaxshi rejissyor: Pol Tomas Anderson (“Битва за битвой”), Rayan Kugler (“Грешники”), Gilermo del Toro (“Франкенштейн”), Jafar Panahiy (“Простая случайность”), Yoakim Trier (“Сентиментальная ценность”) va Xloi Chjao (“Хамнет”).
Eng yaxshi dramatik aktyor: Jeremi Allen Uayt (“Спрингстин. Избавь меня от небытия”), Joel Ejerton (“Сны поездов”), Oskar Ayzek (“Франкенштейн”), Dueyn Jonson (“Крушащая машина”), Maykl B. Jordan (“Грешники”) va Vagner Moura (“Секретный агент”).
Eng yaxshi dramatik aktrisa: Juliya Roberts (“После охоты”), Jessi Bakli (“Хамнет”), Jennifer Lourens (“Умри, моя любовь”), Renate Reynsve (“Сентиментальная ценность”), Tessa Tompson (“Гедда”) va Yeva Viktor (“Прости, детка”).
Komediya/myuzikldagi eng yaxshi aktyor: Itan Houk (“Голубая луна”), Timoti Shalame (“Марти Великолепный”), Jorj Kluni (“Джей Келли”), Leonardo Di Kaprio (“Битва за битвой”), Li Byon Xon (“Метод исключения”) va Jessi Plemons (“Бугония”).
Komediya/myuzikldagi eng yaxshi aktrisa: Rouz Birn (“Я бы тебя пнула, если бы могла”), Sintiya Erivo (“Злая. Часть 2”), Keyt Hadson (“Песня звучит печально”), Cheyz Infiniti (“Битва за битвой”), Amanda Seyfrid (“Завет Анны Ли”) va Emma Stoun (“Бугония”).
Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Benisio del Toro (“Битва за битвой”), Jeykob Elordi (“Франкенштейн”), Pol Meskal (“Хамнет”), Shon Penn (“Битва за битвой”), Adam Sendler (“Джей Келли”), Stellan Skarsgard (“Сентиментальная ценность”).
Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Emili Blant (“Крушащая машина”), El Fanning (“Сентиментальная ценность”), Ariana Grande (“Злая: Навсегда”), Inga Ibsdotter Lilleos (“Сентиментальная ценность”), Emi Madigan (“Орудия”), Teyyana Teylor (“Битва за битвой”).
Ma’lumot uchun, “Oltin globus” — 1944-yildan beri Gollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi tomonidan beriladigan Amerika mukofoti. G‘oliblar Gollivudda yashovchi 90 ga yaqin xalqaro jurnalistlar ovozi asosida aniqlanadi.