IMDb 2025-yilning eng mashhur film va seriallarini e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 204
IMDb 2025-yilning eng mashhur film va seriallarini e’lon qildi

IMDb 2025-yil uchun filmlar va seriallarning tomoshabinlar orasidagi ommabopligini sarhisob qilib, foydalanuvchilar faolligi bo‘yicha eng ko‘p talab qilingan film va seriallarning reytingini taqdim etdi.

IMDb 2025-yil uchun filmlar va seriallarning tomoshabinlar orasidagi ommabopligini sarhisob qilib, foydalanuvchilar faolligi bo‘yicha eng ko‘p talab qilingan film va seriallarning reytingini taqdim etdi.

To‘liq metrajli filmlar ro‘yxatida “Supermen” yetakchilik qilgan va platformada yilning eng ko‘p ko‘rilgan hamda muhokama qilingan loyihasiga aylangan. Toʻp-10 quyidagicha:

  1. “Superman”;
  2. “The Weapons”;
  3. “Sinners”;
  4. “One Battle After Another”;
  5. “Jurassic World Rebirth”;
  6. “Frankenstein”;
  7. “Happy Gilmore 2”;
  8. “Thunderbolts*”;
  9. “Mission: Impossible — Dead Reckoning”;
  10. “Formula-1”.

Seriallar boʻyicha esa birinchi o‘rinni “The White Lotus"ning uchinchi mavsumi egalladi, u IMDb ma’lumotlariga ko‘ra, yilning eng mashhur mavsumiga aylandi. Yuqori o‘ntalikka quyidagilar kiradi:

  1. “The White Lotus” (uchinchi mavsum);
  2. “The Last of Us” (ikkinchi mavsum);
  3. “Severance” (ikkinchi mavsum);
  4. “Wednesday” (ikkinchi mavsum);
  5. “Squid Game” (uchinchi mavsum);
  6. “Dexter: Resurrection”;
  7. “Monster: The Ed Gein Story”;
  8. “Dept. Q”;
  9. “Andor” (ikkinchi mavsum);
  10. “Black Mirror” (yettinchi mavsum).

IMDb reytingi foydalanuvchilar faolligi, jumladan, loyiha sahifalarini ko‘rish, aktyorlar tarkibiga qiziqish va muhokamalar dinamikasini aks ettiradi hamda an’anaviy ravishda sohadagi tomoshabinlar e’tiborining ko‘rsatkichi sifatida qaraladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling