“Drama” filmining ilk tizeri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 63
“Drama” filmining ilk tizeri e'lon qilindi

Bosh rollarni Zendaya va Robert Pattinson ijro etgan.

A24 telekanali Zendaya va Robert Pattinson ishtirokidagi psixologik oilaviy-romatik “Drama” filmining birinchi tizerini taqdim qildi.

Film to‘y tayyorgarligida bo‘lgan juftlik haqida hikoya qiladi. Ularning tayyorgarligi “kutilmagan burilish” tufayli izdan chiqib, bayram haftaligini odatiy chegaralardan tashqariga olib chiqadi. Tizerda fotosessiyaga tayyorgarlik ko‘rinishlari, to‘y libosi aks etgan kadrlar, tushkunlik lahzalari va qahramonlardan birining qonga belangan yuzi tasvirlangan epizod namoyish etilgan.

Film rejissyori va ssenariy muallifi Nikolas Keyj ishtirokidagi “Dream Scenario” filmi bilan tanilgan Kristoffer Borgli. Loyiha prodyuserilari esa Ari Aster va Lars Knudsen.

Film 2026-yil 3-aprelda preyera qilinishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling