"Supergirl" filmining ilk treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 732
"Supergirl" filmining ilk treyleri e'lon qilindi

Warner Bros. va DC Studios “Supergirl” filmining ilk treylerini taqdim etdi. Kinokartina premyerasi 2026-yil 26-iyunga rejalashtirilgan. Bosh rolni Milli Elkok ijro etgan.

Syujet Tom Kingning “Supergyorl: Ertangi kun ayoli” nomli mashhur komiksiga asoslangan. Treylerda Kara Zor-El murakkab xarakterga ega qahramon ekani, shu jumladan, spirtli ichimliklar bilan bog‘liq muammolari koʻrsatiladi.

Bu uning amakivachchasi Supermen obrazidan keskin farq qiladi. “U har bir insonda yaxshilikni ko‘radi, men esa haqiqatni ko‘raman”, — deydi u.

Film rejissyori “I, Tony” va “Cruella” kinokartinalarini suratga olgan Kreyg Gillespi hisoblanadi. Kinokartina Jeyms Gann va Piter Safran boshchiligida qayta ishga tushirilgan DC kino olamidagi ikkinchisi boʻladi. Ilk film “Supermen” bo‘lib, uning premyerasi 2025-yilda bo‘lib o‘tgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling