Toshkentda "Tirik tarix" kinoforumi boshlandi

14-dekabr kuni Toshkent shahrida Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamkorligida “Tirik tarix” xalqaro kinoforumi boshlandi.
Qayd etilishicha forum 17-dekabrgacha davom etadi. Uning doirasida tarixiy filmlar namoyishi, xalqaro ijodiy uchrashuvlar, konferensiya va seminarlar, mahorat darslari hamda davra suhbatlari tashkil etiladi.
Tadbirda Rossiya, Yaponiya, Turkiya, Fransiya, AQSh, Xitoy va boshqa davlatlardan kinorejissyorlar, prodyuserlar va kino mutaxassislari ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, “Tirik tarix” film loyihasi doirasida 2024−2027 yillarda jami 54 ta tarixiy film ishlab chiqarilishi belgilangan. Shundan 21 tasi badiiy, 33 tasi badiiy-publitsistik filmlardir. Hozirgacha “Bahodir Yalangto‘sh”, “Maxtumquli Firog‘iy”, “Ajiniyoz” kabi filmlar suratga olingan.